Umumiy qoidalar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

UChINChI BO‘LIM
IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLAR
X bob. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish
164-modda. Bosqinchilik
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot
yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib sodir
etilgan bo‘lsa, —
(164-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi
485-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) qurol yoki qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni ishlatib;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) ancha miqdordagi mulkni talon-toroj qilish bilan bog‘liq holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)


Bosqinchilik:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 
242-moddasida 
nazarda tutilgan
jinoyatni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) uy-joyga, omborxona yoki boshqa binolarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda;
g) badanga og‘ir shikast yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
Bosqinchilik:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(164-modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1999-yil 30-
apreldagi 6-sonli “O‘zgalar mulkini o‘g‘rilik, talonchilik va bosqinchilik bilan talon-toroj qilish jinoyat
ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining 
birinchi 
va 
ikkinchi xatboshilari

4 — 9
 va
11-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 28-apreldagi 12-sonli “Giyohvandlik
vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 20-bandining 
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish
to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 6-bandining 
birinchi xatboshisi
, 7-bandining
ikkinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 37-sonli
“Transport vositalarini olib qochish ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
3-bandi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy
ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining
5-bandi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini
qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining
10-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli “Qasddan
odam o‘ldirishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 14-bandining 
to‘rtinchi 
va
beshinchi xatboshilari
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin