Umumiy qoidalar


-modda. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

172-modda. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish


Shaxsning mulkni qo‘riqlash yuzasidan o‘z vazifalarini vijdonsiz bajarishi natijasida mol-
mulk talon-toroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi yoki uning nobud qilinishi ko‘p miqdorda
zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, basharti, bu qilmishda mansabdorlik jinoyati alomatlari
bo‘lmasa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(172-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-
fevraldagi PQ-4997-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash
bosh boshqarmasi to‘g‘risida nizomning 
2
 va 
3-bobi
.
173-modda. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ancha miqdorni tashkil
etsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(173-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida;
b) atrofdagilar uchun xavfli usulda;
v) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(173-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakatlar:
a) xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan shaxsning yoki uning yaqin
qarindoshlarining mulkiga nisbatan;
b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(173-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(173-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
61 -moddasi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 15-
sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha
sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 5.4-bandining 
5.4.3-kichik bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 9-sonli “Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi
qarorining 
7-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli
“Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning
ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining 
uchinchi xatboshisi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi 9-sonli “O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tish
tartibini buzishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 9-bandining 
ikkinchi xatboshisi
,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
(174-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-137-sonli 
Qonuni
 bilan o‘z
kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 532-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin