Umumiy qoidalar


-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

176-modda. Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish
(176-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son 
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar,
shuningdek, qimmatli qog‘ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli
qog‘ozlar yasash yoki ularni o‘tkazish —
(176-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi
681-I-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(176-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(176-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi
254-II-son 
Qonuni 
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-
apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim
masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
10-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-
apreldagi 8-sonli “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishga doir ishlar
yuzasidan sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 
12-bandi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori 24-bandining 
to‘rtinchi xatboshisi
.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin