Umumiy qoidalar


-modda. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

184-modda. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash
(184-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni,
kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yig‘imlarni
to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa, —
(184-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi
O‘RQ-758-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(184-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
174-
moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash:
(184-modda ikkinchi qismi dispozitsiyasining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
a) takroran;
b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(184-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
(184-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi
O‘RQ-758-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(184-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-
maydagi 08-sonli “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun
javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi 
qarori
, O‘zbekiston


Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 15-martdagi 9-sonli “Savdo sohasidagi jinoyatlar va boshqa
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 
7-bandi
, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar
bo‘yicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qarorining 
16

18 — 25

29-
bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik
faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 13-
bandining 
ikkinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar
to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo
qo‘llanilmaydi.
(184-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish
natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan
jinoyat haqidagi xabarini olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va yig‘imlar, shu
jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini
to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
(184-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 
Soliq kodeksi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-
maydagi 4-sonli “Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga
nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining 
birinchi

ikkinchi xatboshilari
.
(184-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli 
Qonuni
 tahririda
— O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin