Umumiy qoidalar


 -modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

181 -modda. Qasddan bankrotlikka olib kelish
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yoki yuridik shaxs mansabdor shaxsi, muassisi
(ishtirokchisi) yoxud mol-mulkining mulkdori tomonidan shaxsiy manfaatlarini yoki boshqa
shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan qasddan bankrotlikka olib kelish, ya’ni to‘lovga
qobiliyatsizlikni qasddan yuzaga keltirish yoki oshirish, ushbu yakka tartibdagi tadbirkorning
yoki yuridik shaxsning barqaror iqtisodiy nochorligiga (bankrotligiga) olib kelsa, kreditorlarga
ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud
1


ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki
ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(181 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
kodeksining 
179 -moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi 
Qonuni
,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini
aniqlash” 
qoidalari
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(181 -modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
(181 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz
kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod
etiladi.
(181 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli 
Qonuniga
asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin