Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga
o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gaz, sovuq yoki issiq suvni
hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud
bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan
aralashish juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(185 -modda to‘rtinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Etkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz
kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod
etiladi.
(185 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga
tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq
yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast
yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga
tashqaridan aralashish orqali talon-toroj qilish bilan bog‘liq harakatlar sodir etilganda
qo‘llanilmaydi.
(185 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi O‘RQ-822-sonli
Qonuniga
asosan
yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-
son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “Issiqlik energiyasidan foydalanish”
qoidalari
, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-
yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish
qoidalari
va Tabiiy
gazdan foydalanish
qoidalari
.
Dostları ilə paylaş: