22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
186 -modda. Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga
kiritish, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish
bilan jazolanadi.
(186 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha harakatlar:
a) ko‘p miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
g) mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(186 -modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) O‘sha harakatlar:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-sentabrdagi 199-sonli “Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini 1 2 2 2
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori . (186 -modda O‘zbekiston Respublikasining 25-apreldagi 2007-yil O‘RQ-93-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2007-y., 17-18-son, 171-modda) Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang.