Umumiy qoidalar


-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz
yoxud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat (harakatlar) bilan
xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa,

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha
muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud bir yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari
bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
birinchi qismida
 nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorda jarima yoki ikki yuz soatdan uch
yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan
faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanish juda ko‘p
miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha muayyan
huquqlardan mahrum qilish yoxud ikki yuz o‘ttiz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki o‘n
oygacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
uchinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘qson baravari miqdorida jarima yoki ikki yuz ellik soatdan
to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda
daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —
2


bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh yilgacha
muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch
yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
beshinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yuz soatdan to‘rt
yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz
kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish
xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish oqibatlarini bartaraf
etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
(190-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin