22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
191-modda. Qonunga xilof ravishda axborot to‘plash, uni oshkor qilish yoki undan foydalanish Sir tutiladigan fan-texnika, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid yoki boshqa shu kabi
axborotni egasining roziligisiz oshkor qilish yoki undan foydalanish maqsadida har qanday
usulda to‘plash —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha
majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(191-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) Sir tutiladigan fan-texnikaga, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, savdoga oid va boshqa shu kabi
axborotni egasining roziligisiz qasddan oshkor qilish yoki undan foydalanish xo‘jalik yurituvchi
subyektga ko‘p miqdorda zarar yetkazgan bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(191-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 33- moddasining to‘rtinchi qismi , O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 98-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12 dekbardagi 439-II-son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi , O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonuni .