I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə1/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
kurash-haqida

MUNDARIJA


KIRISH 2
I BOB MILLIY KURASHNING RIVOJLANISH TARIXI VA FALSAFASI 4
1.1Milliy kurashning tarixi 4
1.2Kurash mustaqillik yillarida 7
1.3 Kurash falsafasi va uning pedagogik ahamiyati 9
IV BOB KURASHCHINING TEXNIK, TAKTIK TAYYORGARLIGI VA O’RGANISH USULIYOTI 12
2.1 Kurashchining texnik, taktik tayyorgarligi 12
2.2 Aldovchi va sohta harakatlarga orgatish texnikasi, taktikasi va usuliyoti 17
2.3 Kurash rivojiga hissa qo`shgan olimlar va mutaxassislar 27
XULOSA 34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 35





KIRISH


Sport inson tarbiyasi vositasi sifatida tan olingan. Bu borada barcha sport turlari insonning ma‘lum sifatlarini tarbiyalash va shakllantirishga xizmat qiladi. Shu sababdan ham kishilar sportga oshno bo’lishadi. Yoshlarni sport bilan shug’ullantirishga intilishadi. Sport turlarining rivojlanishi ma‘lum sabablar va sharoitlarga bog’liq holda yuzaga kelgan. Ayrim sport turlari ma‘lum kishilar yoki shaxslar g’oyalari va tashabbuslari bilan dunyo yuzini ko’rgan (masalan, voleybol, gandbol, basketbol, dzyudo, sambo kabilar).


Bunday sport turlarining paydo bo’lishida bevosita muayyan shaxs alohida rol o’ynaydi. Yana ayrim sport turlari mavjudki bunday sport turlarining muallifi ham uni rivojlantiruvchi kuchi ham muayyan bir xalq yoki millat hisoblanadi. Bu kabi sport turlari usha xalq yoki millat tarixi va turmush-tarzi bilan uzviy aloqador.
Kurash aynan shunday sport turi sifatida tan olingan sport turidir. Kurash o’zbek xalqi madaniyati va urf-odatlari negizida shakllangan sport turidir. Shu sababdan uning yaratuvchisi xalq hisoblanadi. Mustabid tuzum, kurash rivoji uchun yyetarlicha to’sqinlik qildi. O’sha davrda kurashni rivojlantirish va ommalashtirish uchun hech qanday sa‘y harakatlar amalga oshirilmagan. Tom ma‘noda o’zbek xalqning g’ururi sanalgan kurash taxqirlangan.
Mustaqillik o’zbek madaniyati, urf-odatlari va an‘analarini qayta tikladi va rivojlantirildi. Shu qatorda kurash ham ravnaq topdi. O’zbekiston Hukumati kurashni milliy sport turi va milliy g’urur timsoli sifatida qadrlash va rivojlantirishda amaliy ishlarni olib bordi. O’zbekiston Respublikasining ―Jismoniy tarbiya va sport to’g’risidgi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining kurashni rivojlantirishga doir farmon va qarorlari kurash rivojiga ulkan ijobiy ta‘sir ko’rsatdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida sportni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilganligi barchaga ma‘lum. Bugun kurash sport turi sifatida keng ommalashdi. Kurash bilan dunyo miqyosida ko’plab yoshlar shug’ullanishmoqda. Kurashning har tomonlama tarbiya vositasi ekanligi mutaxassislar tomonidan e‘tirof etildi. Shu sababdan ham kurashni yanada rivojlantirish, uni Olimpiya o’yinlari dasturidan munosib o’rin egallashi uchun bor imkoniyatlardan foydalanish lozim. Kurash bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va kurashchilarni tayyorlash o’ziga xos hisoblanadi.
Bu jarayon murabbiy yoki mutaxassisdan amaliy bilim va tajriba talab etadi. Shuning uchun ham murabbiylar, kurashchilar bilan ishlovchi mutaxassislar mashg’ulotlarni samarali tashkil qilish, kurashchilarni har tomonlama tayyorlash borasida chuqur bilimga ega bo’lishlari lozim.
Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanmada kurash tarixi va uning mohiyati yoritib berilgan. Kurashning insonparvarlik xarakteri va tarbiyaviy ahamiyati to’g’risida muhokama yuritilgan.
Kurashchilar tayyorgarligi nazariyasi, mashg’ulotlarni tashkil qilish va musobaqalar o’tkazish kabi mavzular muallif tajribasi asosida ishlab chiqilgan. O’quv-uslubiy qo’llanma kurash murabbiylari uchun mo’ljallangan bo’lib u mashg’ulotlarni samarali tashkil qilish va kurashchilarni maqsadga muvofiq tayyorlash imkonini beradi.



Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin