I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4


Kurash falsafasi va uning pedagogik ahamiyati



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə4/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
kurash-haqida

1.3 Kurash falsafasi va uning pedagogik ahamiyati


O`zbek kurashining sog`lom avlodni har tomonlama tarbiyalashda, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashda, harbiy san‘atni takomillashtirib borishda ham ahamiyati beqiyos. Ta‘bir joiz bo`lsa, o`zbek kurashi birdam millatni va inoq xalqni shakllantiruvchi tarixiy qadriyatlardan biri. Kurash bu nafaqat ikki sportchi o`rtasidagi jismoniy bellashuv maxorati, balki yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida tarbiyalash vositasi hamdir. Ildizlari teran daraxt baquvvat bo`lib, uzoq yashaydi. O`zbek kurashining ildizlari ham chuqur ketgan, tarixi olis o`tmishga borib taqaladi. Kurashimiz yillar mobaynida mardlik, insoniylik falsafasini targ`ib qilib kelgan. Kurash mazmuniga qoidalariga mardlik, halollik, to`g`rilik, g`oliblik va mag`lublikni tan olish, raqibni murabbiylarni, tomoshabinlarni, hakamlarni hurmat qilish kabi sport etikasi va insonparvarlik g`oyalari singdirilgan4.
Qo`llanmaning mazkur bo`limida kurash sportining ijtimoiy ahamiyati va kurash falsafasi haqida so`z boradi.
Kurash har bir yoshni o`z Vataniga muhabbat va mexr-sadokat. fidokorlik kabi insoniy hislatlar ruhida tarbiyalashga yordam beradi. Kishining o`zi tug`ilib o`sgan, kamol topgan joyi, zamini, vatanga bo`lgan mexr-muxabbatini. munosabatlarini ifoda etadigan, ijtimoiy va ma‘naviy-axlokiy fazilatlarni mashqlar bajarilishi, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlarida shakllantiradi, musobaqa davomida va natijalarida o`z ifodasini topadi. Kuragi yerga tegmagan o`zbek kurashchilari bugungi kunda buni yaqqol namoyish etmoqdalar va shu orqali yoshlarga vatanparvarlik, insonparvarlik namunalarini kursatmoqdalar. Darxaqiqat. xalqimiz kurashga kishini jismoniy chiniqtirishning asosiy vositalaridan biri sifatida qaragan.
Albatta, kurashning bu qadar rivojlanishiga sabab avvalombor, kurash milliy
qadriyatimiz bo`lganligi bo`lsa, ikkinchidan, kurash har bir yosh sportchiga, sport muxlislarida kurash falsafasini shakllantirib, ularda ichki ruhiy tarbiyani rivojlantirishda hamda o`zligini xis etishda ahamiyatlidir. Kurash g`oyalari tamoyillari adolatli bo`lganligi uchun ham insondagi his-tuyguni yuqori darajaga
ko`taradi. Kurash xalqimizning qonida, irsiyatida mujassam bo`lganligi tufayli shaxs ma‘naviy tarbiyasiga bevosita aloqador5.
Davlatimiz tomonidan mamlakatimizda barkamol avlod, yoshlarni har tomonlama yetuk va intellektual salohiyatli qilib voyaga yetkazishga ustuvor vazifa sifatida e‘tibor qaratildi. Ta‘lim tizimidagi keng ko`lamli isloxotlar ―Ta‘lim to`g`risidagi qonun. ―Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi‖ va qator muhim xujjatlar hayotga bosqichma-bosqich tadbiq etilib, sohaning barqaror sur‘atlar bilan rivojlanishida, ta‘lim samaradorligining oshib borishida mustahkam omil bo`ldi. O`zbekistan Respublikasining ―Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi‖da yosh avlodni ma‘naviy-ahlokiy tarbiyalashda xalqning boy madaniy-tarixiy an‘analariga, urf - odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy- pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib amaliyotga joriy etish kerakligi ko`rsatilgan. Mamlakatimiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli isloxotlar natijasida yoshlarimiz hech kimdan kam bo`lmay kamol topmoqda. Bunday yuksak e‘tibor va g`amxurlikka javoban esa yoshlar fan olimpiadalari, turli ko`rik tanlovlar hamda sport musobaqalari orqali o`z iqtidorini namoyon etishi lozim.
Ma‘naviy yuksak, ijodiy-intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashda jismoniy tarbiya va sportning, xususan, milliy sport turlarining xususan, kurashning o`rni beqiyos.
Kurashning ko`p asrlik rivojlanish tarixi shundan dalolat beradiki, ajdodlarimiz nazarida kurash, eng avvalo, polvonlarning har tomonlama yetukligi namunasi sifatida sharaf topgan. Polvonlarning jismoniy baquvvatligi. epchillik jihatlari, davrada o`zini tutishi, axloq-odobi, ma‘naviy qiyofasi, raqibiga, gilamga, hakamlarga, tomoshabinlarga munosabati va barcha insoniy hislatlari alohida ko`rinishda o`rin egallagan.
Kurashchilar to`g`risida azal-azaldan rivoyatlar to`qilgan. Polvonlik xalqimizga ko`hna zamonlardan, olis ajdodlarimizdan qolgan ulug` merosdir. Bugun ham ana shu meros milliy qadriyat avlodlar qo`lida e‘zozlanmoqda va e‘zozlanib qolaveradi. Tarixda polvonlarni el yurt e‘zozlab qadrini baland ko`tarib kelgan. Bizning zamonamiz bahodir va himoyachilarimiz bo`lgan polvonlar va botirlarga azaldan boy va xalqimiz ularni mexr bilan parvarish qilib kelmoqda.
Shogird ustozidan so`radi. Agar yiqilganimdan habar topsangiz nima der edingiz?
Tur derdim.
Yana yiqilsamchi? Yana tur derdim.
Bu holat qachongacha davom etishi mumkin?
Tirik ekansan yiqilaver, o`rningdan turaver. Faqat o`liklargina yiqilib qayta turmaydi. -Kurash adolatli usul bilan maqsadga erishishni anglatadi. Ma‘lumki, mazkur sport turi ko`p asrlar muqaddam O`zbekiston hududida vujudga kelgan. Yunon tarixchisi Gerodotning ―Tarix hamda Abu Ali ibn Sinoning ―Tib qonunlari‖ asarlarida u bilan shug`ullanish inson salomatligini mustaxkamlash, ruhini tetiklashtirishda katta ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritilgan. Binobarin, o`n to`rtinchi asrdayoq Amir Temur o`zining muzaffar qo`shinida jismoniy tayyorgarlik hamda mudofaa qobiliyatini kuchaytirishda kurashdan unumli foydalangan.
U paydo bo`lishi bilan eng ommabop sport turlaridan biriga aylandi. Xususan, tuy-yu tomoshalar, Navruz bayramida kurash mashhur ko`ngilochar o`yinlar qatoridan joy olgan. Shu bois uning texnikasi va falsafasi avloddan-avlodga bekamu ko`st o`tib kelayapti.
Kurash falsafasi keng qamrovli va ko`p qirralidir. U jismoniy madaniyatning ma‘naviy asoslari masalasi bilan uyg`unlashib ketadi. Bu borada mamlakatimizning bir qator olimlari izlanishlar olib borganlar.



Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin