Asosiy taktik harakatlar
Qat‘iy hujumkorlik harakatlari, mudofaa-himoya va qarshi hujum harakati asosiy taktik harakatlardir. Hujum qilishdagi oddiy ataka usuli va harakatlariga ko’proq bir sur‘atda bajariladigan va bir taktik vazifani hal qiladigan ayrim uloqtirishlar kiradi. Ular poypechak, qoqma usullari bilan va ko’tarib uloqtirish; bir siltab ko’tarib olib, engashib yelkadan oshirib uloqtirish usullaridir.
Hujum qilishdagi murakkab ataka usuli va harakatlari–bular ikki tempda aldash, soxta harakatlar bilan birgalikda bajariladigan uloqtirish hamma turli xil kombinatsiyalar-usullar majmuidan iborat8.
Mudofaa usul va harakatlari – bular himoya va qarshi hujum harakatlaridir. Himoya harakatlariga quyidagilar kiradi: raqibning hujumda qo’llaydigan usullari, qarshi usul ishlatish bilan hujumdan qutilish yoki undan qochish.
Qarshi hujum harakatlari – bu raqibning hujumiga qarshi hujumni tayyorlayotganda tashabbusni o’z qo’liga olish va qarshi hujum usulini oldinroq qo’llash uchun hujum qilish yoinki qulay himoyalanib olib, keyin qarshi hujum qilishdan iborat. Qarshi hujumlar bu o’z nomi bilan raqib hujumning yakunlovchi vazifasiga qarshi javob hujumi bo’lishi mumkin.
Taktik tafakkur va harakatlar tezligini tarbiyalash uchun o’quv-trenirovka mashg’ulotlari jarayonida kurashni endi o’rganuvchilar, razryadli sportchilar va masterlar bilan turli xil o’quv, kontrol va kalendar musobaqalarini doimo rejalashtirish va o’tkazib borish kerak. Kontrol musobaqalarida vaqtni qisqartirib va oshirib hamda musobaqa qoidalari bo’yicha bellashuvlar o’tkazish lozim. Turnir bellashuvini esa huddi klassifikatsion va kalendar musobaqalaridek o’tkazish zarur.
Taktik harakatlarini turlicha klassifikatsiyalash mumkin. Mazkur klassifikatsiyada kurashchi uchun muhim bo’lgan harakatlar taktikasining asoslari ochib berilgan.
topshiriq. Qo’llarni harakatlantirib siljib hiyla ishlatish, payt poylab sherigini ushlab olish. Turli tomonga va aylana bo’ylab siljib yurish, avval o’rganilgan usul bilan sherigini muvozanatdan chiqarishga harakat qilish. Bunday o`rinishlarni 3-5 marta takrorlash.
Sherigining qarshilik ko’rsatishiga, ushlashdan qutilishga va o’zi ham faol harakat qilishga ruxsat beriladi.
Topshiriq mustaqil ravishda 3 daqiqa bajariladi. Har bir juftlikka va har bir bolaga alohida metodik ko’rsatmalar beriladi hamda keyinchalik trener ularning harakatini baholaydi.
Topshiriq bajarish davomida sheriklar almashinadi. O’zaro bog’langan tayyorlovchi harakatlar, turli holatda turib siljish, xilma-xil ushlash va sherigini muvozanatdan chiqarish usullari ham shu yo’nalishda o’tkaziladi.
Harakatlarni sherigini almashtirib bajarishdan iborat metodik usul aslida trenerovkaning aylanma metodidir. Milliy kurashda bu metod harakatlarni 3-5-10 sherigini almashtirib takomillashtirishga hamda sportchilarga gavda tuzilishi, psixik holati, temperamenti va hokazolari bo’yicha turli xil bo’lgan sheriklar bilan mashq qilib, texnik-taktik harakatlarini his qilishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: |