Soʻnggi yillarda talim-tarbiya tizimida yangi avlod tarbiyasida jahon fani vamadaniyatinig ilgʻor yutuqlarini jamlagan, oʻtmish ajdodlarimiz aql-zakovoti mahsulisifatida yaratilgan milliy va ma'naviy qadriyatlarimizga tayangan holda zamonaviyta'lim-tarbiya berish uslublarini shakllartirish muammosi vujudga keldi. Barkamolavlod jamiyat taraqqiyotining asosi. Shu bois mamlakatimizda ham jismonan, hamma'nan barkamol avlodga ta'lim-tarbiya berish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. "Ta'lim toʻgʻrisida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy datsuri", "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida"gi Qonun hamda "Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi", "2008- 2012 yillarda uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini modernizatsiyalash va ta'lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat darajasiga koʻtarish Davlat dasturi", 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida va boshqa me'yoriy hujjatlarda uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish vazifalari belgilangan boʻlib, bu esa ta'lim jarayonida oʻquvchilar bilan ishlash, ularni barkamol avlod sifatida shakillantirish davlat miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilishida zamin boʻlmoqda.
MATERIAL VA METODLAR Zero, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillash - tirishni oʻzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz" degan fikri muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim amaliyoti koʻrsatishicha, maktab ta'limida fanlararo aloqadorlikni yoʻlga qoʻyish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir boʻlayotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik oʻquvchilarning bilimlarni ongli oʻzlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish va amaliy va ilmiy-metodik tayyorgarligini oshirishda muhim oʻrinni egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy oʻrta ta'lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashgʻulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarini erkin qoʻllash imkoniyatini beradi.
Ilm-fan yutuqlari va ularning insonlar hayotidagi oʻrni rivojlangan mamlakatlar maktab ta'limi mazmuni va strukturasiga ta'sir oʻtkazmay qolmaydi. Mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida oʻquv soatlari keskin qisqartirildi, oʻquv materiallari mazmuni modernizatsiya qilindi. Turli oʻquv predmetlarini oʻqitishda soatlarning qisqarishi, oʻquv materiallari mazmunining ilmiy jihatdan murakkablashishi natijasida oʻquvchilarga qoʻyilayotgan talablar kuchaydi, ta'lim sifatida birmuncha pasayishlar kuzatilmoqda.
Oʻquvchilar oʻquv materiallarini oʻzlashtirishida sodir boʻlayotgan bunday pasayishlar yosh avlodning intellektual rivojlanishiga ta'sir etmay qolmaydi. Bu holat esa oʻqituvchilardan oʻquvchilarga bir fan doirasida bogʻliqliklar asosida turli hodisalarni oʻrganishni taqozo etadi. Tabiat hodisalarini, ularning tuzilishi, mohiyati va funksiyalarini, qonuniyatlarini oʻrganish oʻquvchilar tafakkurida qiyoslash, analiz va sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish, induktiv va deduktiv xulosa chiqarish kabi tafakkur operatsiyalarini rivojlantirishga yordam beradi. Kadrlar tayyorlash milliy modelida fanning tabiat va jamiyat toʻgʻrisidagi
yangi fundamental hamda amaliy tadqiqiga oid yoʻnalishlarini rivojlantirish, yuqori malakali, ilmiy salohiyatga ega pedagogik kadrlar tayyorlash, ularni jahon fani integratsiyasi darajasida ilmiy jihatdan savodxonligini va mahoratini oshirish shu asosda umumiy oʻrta ta'lim maktablarida ta'lim va tarbiya mazmunini yangilash, sifat va samaradorligini koʻtarish, har bir fan boʻyicha oʻquvchilarning nazariy bilimi, amaliy koʻnikma va malakalarini takomillashtirish ta'kidlangan. Erkin fikrlovchi, ijodkor, mamlakatimizning mustaqillik mafkurasiga sadoqatli boʻlgan barkamol shaxsni tarbiyalash boshlangʻich ta'lim samaradorligini oshirishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda fanlararo aloqadorlik qonuniyatlarining yaratilishi, aloqadorlik tizimining tarkib topishi ta'limda istiqbolli vazifalar yechimini ta'minlaydi.