Band solingan mulkni qonunga
xilof ravishda tasarruf etish, ya’ni band solingan yoxud
garovga qo‘yilgan mulkni ishonib topshirib qo‘yilgan shaxs tomonidan
qonunga xilof ravishda
o‘zlashtirish, rastrata qilish, yashirish, nobud qilish yoki unga shikast yetkazish ancha miqdorda
zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, xuddi shuningdek bank yoki boshqa kredit tashkiloti xodimi
tomonidan band solingan pul mablag‘lari (omonatlari) bilan
bank operatsiyalarini amalga
oshirish, —
(233-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi
O‘RQ-199-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(233-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda,
ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(233-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
290-moddasi
.
Dostları ilə paylaş: