Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof
ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, —
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa;
g) badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs, agar u
uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini o‘z ixtiyori bilan
topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
(244 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi O‘RQ-534-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y., 03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-
noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
244 -modda. Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar
tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishi
hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar
tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan ma’lumotlarni nashr qilish yoki boshqacha
usulda ko‘paytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon
axborot tarmog‘i orqali tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(244 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli
Qonuniga
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: