Umumiy qoidalar


 -modda. Yolg‘on axborot tarqatish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

244 -modda. Yolg‘on axborot tarqatish
Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan
yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya
tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun
ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz
qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha
ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
4
5
5
6


Jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu
jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon
axborot tarmog‘ida tarqatish, ushbu Kodeksning 
244 -moddasida
nazarda tutilgan jinoyat
alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha
ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning 
birinchi
yoki 
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlar:
a) ommaviy tadbirlar jarayonida yoki favqulodda vaziyat holatida;
b) juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan holda;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
(244 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-658-sonli 
Qonuniga
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin