Muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorning mansabi yoki ish faoliyati bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan jinoyatni sodir etganligi uchun asosiy jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan
besh
yilgacha muddatga, qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda — bir yildan uch yilgacha
muddatga belgilanadi.
Agar muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga asosiy jazo
tariqasida tayinlanmagan
bo‘lsa, bunday jazo sud tomonidan ushbu Kodeks
Maxsus qismining
tegishli moddasida nazarda
tutilgan har qanday turdagi jazoga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi ozodlikdan mahrum qilish,
intizomiy qismga
jo‘natish jazosiga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlangan bo‘lsa, asosiy jazoning butun
muddatiga, bundan tashqari sud hukmi bilan tayinlangan muddatga joriy etiladi.
Bu jazo
boshqa asosiy jazolarga qo‘shimcha jazo tariqasida tayinlanganda va mahkum shartli hukm
qilinganda uning muddati hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.
(45-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqidan mahrum qilish
tarzidagi jazo tayinlanmaydi, bundan odam o‘lishiga
yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan hollar mustasno.
(45-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-418-sonli
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining
6-bobi
(“Muayyan huquqdan
mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”).
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-
fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
41
,
43-
bandlari
, 47-bandining
birinchi xatboshisi
, 51-bandining
beshinchi xatboshisi
,
56 -bandi
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: