mustasno), shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa,
xuddi shuningdek badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
(260 -moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-maydagi
O‘RQ-534-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.05.2019-y.,
03/19/534/3046-son — 2019-yil 4-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz
ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
(260 -modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa,—
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(260 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuniga
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil
18-oktabrdagi 349-sonli
qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida
aviatsiya parvozining asosiy qoidalari”, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
boshlig‘ining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi
samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya
qoidalari
”.
Dostları ilə paylaş: