Umumiy qoidalar


-modda. Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

258-modda. Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish
Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir
yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi.
(258-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(258-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
259-modda. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish
Yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs
tomonidan buzilishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda
jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq
tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(259-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
O‘sha qilmish:
a) odam o‘lishiga;
b) boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
muayyan huquqdan mahrum qilib, ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(259-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi
to‘g‘risida”gi 
Qonuni
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin