Umumiy qoidalar


-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

129-modda. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar
qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir
etish, —
ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
v) o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan;
g) nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan;
d) takroran, xavfli retsidivist tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 
118

119

121
va (yoki)
128-moddalarida
nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
e) yaqin qarindoshiga yoki bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga nisbatan;
j) jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini
bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun
bilan zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi
tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar zo‘rlik ishlatib yoki qo‘rqitib sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(129-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
130-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish,
namoyish etish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash
yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek pornografik mahsulotni
reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida,
telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish,
namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir
etilgan bo‘lsa —
1
1


(130-modda birinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi
O‘RQ-658-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y.,
03/20/658/1670-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 8-bo‘limining 
yigirma beshinchi xatboshisi 
(“Atamalarning huquqiy
ma’nosi”).
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(130-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y.,
03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
189-
moddasi
.
O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan
uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(130-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi
O‘RQ-421-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish,
reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi
shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan
shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(130-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin