22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
132-modda. Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish Oldingi tahrirga qarang. Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish
yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi.
(132-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 269-II-son “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining to‘rtinchi — oltinchi xatboshilari , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qaroriga 3-ilova sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 19 , 20-bandlari . Oldingi tahrirga qarang. O‘sha harakatlar:
a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda;
v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(132-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi O‘RQ-754-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/754/0134-son) Oldingi tahrirga qarang. O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(132-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-fevraldagi O‘RQ-754-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2022-y., 03/22/754/0134- son) Etkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.
(132-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son) Oldingi tahrirga qarang.