Umumiy qoidalar


VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar



Yüklə 2,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/271
tarix14.12.2023
ölçüsü2,57 Mb.
#179769
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   271
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi

VI bob. Shaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar
Oldingi
 tahrirga qarang.
135-modda. Odam savdosi
Odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida
yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(135-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi
O‘RQ-389-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
O‘sha harakatlar:
a) o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning
boshqa shakllarini qo‘llash orqali;
b) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
v) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan;
g) aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
d) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
e) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
j) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;
z) jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki
uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda;
i) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini
tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda;
Oldingi
 tahrirga qarang.
k) inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa;
(135-modda ikkinchi qismining “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi
O‘RQ-780-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-
son)
besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan
bo‘lsa;
b) jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa;
v) o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa;
g) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, —
sakkiz yildan o‘n ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 LexUZ sharhi


Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2020-yil 17-avgustdagi
O‘RQ-633-sonli 
Qonuni
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-
noyabrdagi 12-sonli “Odam savdosiga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 
qarori
.
(135-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-179-sonli 
Qonuni
 tahririda
— O‘R QHT, 2008-y., 37-38-son, 366-modda)

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin