4.5. Tuproq, Geologiya va yer osti suvlari Loyiha hududida oltita (6) joylarda va bitta (1) loyiha maydonchasidan tashqaridagi nazorat
joyida yuqori tuproq qatlami namunalari sertifikatlangan laboratoriya tomonidan belgilangan
tartibda to'plandi. Tuproq sifatini baholash natijalari Gollandiyaning tuproq sifati standartlari
bilan taqqoslangan va olingan kontsentratsiyalar noorganik va og'ir metallar parametrlari
ushbu standartlardan oshmaganligini ko'rsatadi.
Shuningdek, yer osti suvlari namunalari Loyiha hududida joylashgan ikkita joydan quduqdan
olingan. Ikkala quduqdagi sulfatlar, shuningdek, 2-quduqqdagi kadmiy va qo'rg'oshin O’z DSt
950: 2011 standartida keltirilgan talablaridan yuqori edi. Gollandiya yer osti suvlari aralashuvi
qiymatlari bilan taqqoslaganda, barcha og'ir metallar belgilangan chegaralardan past edi.
Qurilish ishlari, ta'sirni yumshatish choralari boshlanishidan oldin, tuproq va yer osti suvlarining
sifatiga ta'sir qilish ehtimoli mavjud. Bunday hollarda, ta'sir izolyatsiya qilingan hududlar bilan
chegaralanadi va tuproqning keng ifloslanishini oldini olish uchun cheklangan choralar
mavjud. Bunday potentsial ta'sir xavfli suyuqlik va materiallarning to'kilishi va oqishi, chiqindilar
va chiqindi suvlarni noto'g'ri boshqarish, shuningdek, Qurilishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv
rejasi (QEIBR) orqali boshqariladigan obyektga ifloslangan agregatlarni import qilish bilan
bog'liq har qanday ta'sirlardan kelib chiqishi mumkin.
Ishga tushirish bosqichida tuproq va yer osti suvlari uchun potentsial xavflar materiallar va
chiqindilarni saqlash joylarini samarali loyihalashtirish va xavfli materiallarni va chiqindilarni
boshqarish rejasini amalga oshirish kabi samarali jarayonlarni amalga oshirish orqali
boshqariladi va yumshatiladi, bunday ta'sirlar qurilish, ishga tushirish va ishlash jarayonlari uchun
odatiy bo'lib, Qurilishning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (QEIBR), Ishga tushirishning
ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi (ITEIBR) va Ishlashning ekologik va ijtimoiy boshqaruv rejasi
(IEIBR)ni samarali qo'llash orqali osongina boshqarilishi mumkin. Bundan tashqari, Favqulodda
vaziyatlarni boshqarish rejasi (FVBR) va Suyuq chiqindilarni to'kilishini oldini olish rejasi ishlab
chiqiladi. Bunda har qanday xavfli moddalarning to'kilishi oqibatida zarar ko'rgan hudud
sezilarli darajada kechiktirmasdan xavfsiz holatga keltirilishi va samarali tiklanishi mumkin.
Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi
1-Jild – Notexnik Hisobot