Umumiy Quvvati 1500 mvt bo’lgan acwa power Sirdaryo bug’-gaz



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/37
tarix03.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#171876
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
ACWA Power 1,500MW Syrdarya CCGT ESIA Vol 1 NTS v2.2 (FINAL Disclosure - UZB)

4.4 Atrof muhit ekologiyasi
XMKning ishlash Satndarti - 6 “Yashash joylarini tasniflash” talablariga asosan, keng qishloq 
xo'jaligi amaliyoti va faoliyati tufayli, loyiha maydoni "Modifikatsiyalangan yashash joyi" deb 
tasniflanishi mumkin. Loyihaning asosiy qismi guruch, bug'doy, paxta, yonsa, arpa va boshqa 
ekinlar uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, ba'zi fermer xo'jaliklarida tut, olma va tol uzum kabi 
mevali daraxtlar mavjud. Ushbu ekinlar va daraxtlarni Loyiha maydoni yaqinidagi fermalarda 
kuzatish mumkin. Loyiha maydoni sanoat, savdo va turar-joy qurilishi rivojlanadigan hududda 
joylashgan, shu jumladan Loyiha maydoni janubida kanal mavjud va Loyiha hududiga muvofiq 
ekologik jihatdan himoyalangan joylar mavjud emas.
Loyiha hududidagi fauna va flora turlarini aniqlash maqsadida hudud bo’ylab o’rganishlar
uchta mavsumiy (qish, bahor va yoz) ekologik tadqiqotlarni amalga oshirildi. Tadqiqotlar 
davomida BMTning Tabiatni muhofaza qilish Qizil Ro'yxatiga yoki O'zbekiston Qizil kitobiga 
kiritilgan flora turlari aniqlanmadi. Kuzatilgan faunaning cheklangan turlari ushbu hudud uchun 
keng tarqalgan bo'lib, BMTning Tabiatni muhofaza qilish Qizil Ro'yxatiga yoki O'zbekiston Qizil 
kitobiga kiritilmagan, garchi aniqlangan 29 ta qush turning barchasi BMTning Tabiatni 
muhofaza qilish Qizil Ro'yxatiga eng kam xavf ostida bo'lgan turlar sifatida kiritilgan. 


 
Umumiy quvvati 1500 MVt bo’lgan ACWA Power Sirdaryo bug’-gaz qurilmali Mustaqil Elektr Stantsiyasi 
1-Jild – Notexnik Hisobot 
Qurilish ishlari Loyiha maydonida tabiiy yashash joylarining minimal yo'qotilishiga olib keladi
bunga taqsimlash qurilmasi hududidagi qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar ham kiradi. 
Qurilish vaqtida ta'sir qilish butun o'simliklarni olib tashlash va og'ir jihozlardan foydalanish 
natijasida faunaning buzilishi va to'g'ridan-to'g'ri o'limiga olib kelishi mumkin.Qurilish jarayoni 
ta'sirlari, o’t-o’lanlardan tozalash va og’ir texnikadan foydalanish oqibatida o'simliklar dunyosi 
buzilishi va nobud bo’lishi kelib chiqishi mumkin. Bu o'zgargan yashash joyi (qishloq xo'jaligi 
yerlari) ekanligini hisobga olib, bu ta'sirlar minimal bo'lishi kutilmoqda. Bunday ta'sirlarni qurilish 
maydonida ilg'or qurilish tajribalarini qo'llash orqali kamaytirish mumkin.
Ishlash bosqichida to’sib qo'yiladigan Loyiha maydonida yoki va uning atrofida, shuningdek 
qoshimcha obyektlarga borish yo’llari atrofida atrof-muhit ekologiyasiga bevosita ta'sir 
ko'rsatishi kutilmaydi. Loyiha maydonini obodonlashtirishda hech qanday ekzotik yoki begona 
o'simliklar ishlatilmaydi va tuproq bilan qoplangan foydalanilmayotgan maydonlar tabiiy 
ravishda tiklanishiga qo’yib beriladi. Loyiha hudidida yoki yaqin maydonlarda gerbitsidlardan 
foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin