1.2.Istiqlol yillarida O`rta Osiyo Respublikalari o`rtasida savdo
diplomatik va o’zaro elchilik munosabatlari
Biz integratsiya jarayonlari va bozor islohotlarini rivojlantirishga, Markaziy
Osiyo mintaqasida umumiy bozorni shakllantirishga alohida ahamiyat beramiz.
XX asrning oxirida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlar
natijasida dunyoning geosiyosiy holati tubdan o’zgardi, yangi mustaqil davlatlar
vujudga keldi va bu davlatlar xalqaro munosabatlar tizimida o’z o’rnini aniqlash
yo’liga o’tdi.
Bular jumlasiga Markaziy Osiyo davlatlari ham kiradi. Markaziy Osiyo
davlatlari mustaqillikni qo’lga kiritganlaridan so’ng, har biri o’zining siyosiy va
iqtisodiy, tashqi va ichki siyosatida ustuvor tamoyillarni aniqlab olgan holda milliy
davlatchiligini shakllantira boshladi. Davlatlar tashqi siyosat yurgizar ekan, albatta,
milliy manfaatlarini ko’zlaydi. Tashqi siyosatning mohiyatini esa milliy manfaatlar
tashkil etadi.
Milliy manfaatlar - bu millati, dini, dunyoqarashidan qat’i nazar,
respublikamizdagi barcha fuqarolarning manfaatidir. Mazkur manfaatlarning turli
xil tashqi va ichki tajovuzlardan himoya qilinishiga erishish bevosita milliy
xavfsizlikni ta’minlash bilan bog’liq. Shu nuqtai nazardan O’zbekiston
Respublikasi tashqi siyosati, avvalombor, milliy manfaatlar asosida shakllangan
bo’lib, quyidagi tamoyillar uning ustuvor yunalishlari sifatida qabul qilingan:
-respublika milliy davlat manfaatlarining ustunligi, boshqa davlat
manfaatlarini hisobga olish zarurati;
-respublika xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlik uchun, ziddiyatlarni
tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori sifatida harakat qilishi;
-yadrosiz hudud bo’lgani holda, O’zbekiston hech qanday harbiy bloklarga
va ittifoqlarga kirmaydi, shuningdek, munozarali muammolarni kuch yoki kuch
orqali taxdid qilish yo’li bilan hal qilishdan bosh tortishi;
-tashqi siyosatning boshqa davlatlarning ichki ishiga aralashmaslik, teng
huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan holda qurilishi;
11
-o’z milliy-huquqiy tizimini barpo etayotgan O’zbekistonning ichki davlat
me’yorlariga nisbatan xalqaro huquq me’yorlarining ustun ekanini tan olishi va
barcha xalqaro standartlarga rioya qilishi;
-O’zbekiston, o’zaro ishonch asosida ikki tomonlama va ko’p tomonlama
tashqi aloqalarni o’rnatishga va xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik qilishga
tayyorligi.
Xalqaro munosabatlarda qabul qilingan mazkur tamoyillar o’ta muhim
bo’lib, ularga rioya qilish davlatlar o’rtasidagi muammolarni yechishga ko’mak
beradi.
Shu o’rinda aytish lozimki, O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining
asosiy yunalishlaridan biri bu Mapkaziy Osiyo omilidir. Zero, Markaziy Osiyo
bugungi kunda jug’rofiy-siyosiy va jug’rofiy-strategik nuqtai nazardan juda muhim
markaziy hududda joylashgan. Markaziy Osiyo haqida prof.G.A.Xidoyatov
shunday deydi: «Markaziy Osiyo davlatlari Osiyo mintaqasida muhim geosiyosiy
o’rin tutadilar. Ularning hududi 4.4 mln. kv.km. bo’lgani holda, butun Osiyoning
10 foizini tashkil etadi. Hudud Xitoy chegaralaridan Eron va Kaspiygacha
cho’zilgan bo’lib, Yevropa, Uzoq Sharq va Janubiy Osiyoni bog’lovchi butindir.
Markaziy Osiyo davlatlarining kelajakda dunyo siyosatida muhim tarixiy rolь
o’ynashi uchun barcha imkoniyatlar mavjud».
Markaziy Osiyo davlatlari «sovuq urush» barham topgandan keyingi davrda
- xalqaro munosabatlarning yangicha tizimi tarkib topishi jarayoniga jadal
qo’shilmoqda. Ikki muhim omil: geostrategik sharoit va tabiiy resurslar Markaziy
Osiyo mintaqasiga olamshumul iqtisodiy va siyosiy o’lchovlarni baxsh etmoqda.
O’z navbatida, bu omillar bir-biri bilan o’ta chatishib ketgan tarkibiy qismlarga
bo’linib ketadi, buning ustiga, ularning rivojlanishi bir maromda emasligi
kuzatilmoqda. Ayrimlarining ahamiyati yo’qolib borayotgan bo’lsa, boshqalari,
aksincha, endi avj olib kelmoqda.
Bugungi kunda etnik, mahalliy, mintaqaviy mojarolar va jangari separatizm,
diniy aqidaparastlik kabi omillar xavfsizlikka tahdid solmoqda. Ayniqsa, bunday
qarama-qarshiliklar ayrim kuchlar qo’lida ularning o’z manfaatlari va ta’sir
12
doiralarini saqlab qolish va himoya qilish uchun yoki strategik kuchlar
muvozanatini o’z foydasiga o’zgartirish uchun qudratli siyosiy ta’sir vositasiga
aylantirishga harakat qilmoqda. Har qanday mintaqaning hal qilinmagan va gazak
otib ketgan muammolari butun dunyoda zanjir reaksiyasini keltirib chiqarishi
mumkin. O’zbekiston etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar
girdobida qolgan mamlakatlar qurshovida joylashgan.
Dunyo hamjamiyatining Markaziy Osiyoga nisbatan qiziqishi va manfaatlari
juda kuchlidir. Shu bilan bir qatorda, aytish lozimki, tashqi kuchlarning siyosiy va
iqtisodiy, ma’naviy va mafkuraviy manfaatlari ham yo’q emas. Shuning uchun
mintaqada joylashgan davlatlar bu muammolarning yechimini birgalikda izlab
topishlari lozim bo’ladi. Prezidentimiz aytganlaridek, Markaziy Osiyo
mintaqasining barqaror rivojlanishi va taraqqiyoti, uning xalqaro hamjamiyatga
qo’shilishi va ular bilan teng huquqli aloqalar o’rnatishi ko’p jihatdan tinchlikka
bog’liqdir. Tinchlik esa hamkorlikda ta’minlanadi.
Sayyoramizning juda katta maydonida kuchlar nisbati ko’p jihatdan
Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlarning qaysi yo’ldan borishiga bog’liq.
Shunday ekan, mustaqillikning birinchi yillaridanoq mintaqadagi davlatlarga
davlat sifatida rivojlanishiga, iqtisodiy taraqqiyotiga, o’zi tanlagan yo’ldan
borishiga tashqi kuchlar tomonidan ta’sir ko’rsatish harakatlari bo’ldi. Mintaqada
jug’rofiy-siyosiy muvozanatni va barqarorlikni saqlagan taqdirdagina mazkur
muammolarni hal etish imkoni tug’iladi.
Geografik nuqtai nazardan O’zbekiston mazkur hududning markazida
joylashgan va bu barcha yerdagi davlatlar bilan chegaradosh hisoblanadi. Qo’shni
davlatlar bunday imkoniyatdan mahrumdirlar. Barcha davlatlar o’lkan geosiyosiy
maydonda joylashgan bo’lib, umumiy infratuzilmaga, bir-biriga bog’liq
iqtisodiyotga
ega
holda
dengiz
kommunikatsiyalaridan
ancha
uzoqda
joylashganlar, ya’ni mazkur hudud kontinental hisoblanadi. Ana shu masalada
Markaziy Osiyoni dunyoning boshqa mintaqasi yoki davlatlari bilan taqqoslab
bo’lmaydi. Yevropa qit’asi, Osiyo Tinch okeani mintaqasi, Janubiy Osiyo va O’rta
13
Yer dengizi davlatlarining deyarli barchasi bevosita dengiz kommunikatsiyalariga
chiqadi, ya’ni ular dengiz davlatlari hisoblanadi.
Markaziy Osiyo nafaqat geosiyosiy nuqtai nazardan, balki geoiqtisodiy
tomondan ham yagona hudud xisoblanadi. Uning geosiyosiy jihatdan cheklangani
tabiiy resurslarning boyligi bilan qoplanadi. Tabiiy resurslarni qazib olish va qayta
ishlash yangi texnologiyalarni va texnologik fanlarni rivojlantirishni talab etadi.
Afsuski, ushbu sohada Markaziy Osiyo davlatlari rivojlangan davlatlardan orqada
qolmoqda. Shuning uchun mintaqa davlatlarining fan va texnika sohasidagi
urinishlarini muvofiqlashtirishga extiyoj tug’ilmoqda. Har bir respublika alohida
fanning muayyan sohasida ma’lum yutuqlarga ega, agarda ushbu yutuqlar umumiy
manfaatlar yo’lida birlashtirilsa, yirik va ijobiy natijalarga erishsa bo’ladi.
Hududning tarixan birligi iqtisodiy integratsiya jarayonlariga kuchli turtki
bo’ladi. Markaziy Osiyo davlatlarining dini, e’tiqodi, tili, urf-odatlari, boshidan
o’tkazgan og’ir tarixiy kunlari va yig’ilib qolgan muammolar yig’indisi ularni
birlashtiruvchi asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy integratsiyasiga
tabiiy ta’sir etuvchi bir qancha omillar ham mavjud (bular suv manbalari va
transport yullarining umumiyligi, kommunikatsiya va energetik resurslarning bir-
biriga bog’liqligi, Orol dengizi bilan bog’liq ekologik muammo va boshqalar).
Mazkur geoiqtisodiy birlik integratsiya jarayonlariga tabiiy asos bo’lishi mumkin
va o’z navbatida mazkur omillarning xal qilinmasligi mintaqa xavfsizligi va
integratsiya jarayonlarini rivojlantirishga to’sqinlik qilishi mumkin.
Markaziy Osiyo hududidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlari chet
davlatlarini ham, xalqaro tashkilotlarning ham mintaqamizga bo’lgan qiziqishini
oshiradi.
Moliyaviy-iqtisodiy barqarorlik va milliy valyutamizning konvertatsiyasiga
erishilgani, qulay agrosanoat kompleksi chet el investorlarini jalb etish uchun omil
bo’lib xizmat qilishi mumkin. Lekin O’zbekistonning geografik joylashuvi, ochiq
va
arzon
transport
kommunikatsiyalarining
yetarli
emasligi,
bojxona
masalalarining to’la hal etilmaganligi, respublikalar o’rtasida pul muomalasi
14
tartibga solinmaganligi - katta miqdorda arzon ishchi kuchi bo’lgan taqdirda ham, -
mahsulot va homashyoni, o’zlariga tegishli bo’lgan valyuta miqdorini olib
chiqishdagi to’siqlar chet el kapitalini jalb etish samaradorligini pasaytirishi
mumkin. Buni salbiy nuqtai nazar sifatida qaramaslik lozim, chunki yuqorida
ko’rsatilgan muammolar hal etilsa, O’zbekiston va Markaziy Osiyo bozori chet el
kapitali uchun foyda keltiruvchi manbaga aylanadi.
Shu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo davlatlarining yoqilg’i-energetika
borasida ham kelishilgan siyosat olib borishlari iqtisodiy integratsiya jarayoniga
ko’mak beradi. Lekin bu juda nozik masala bo’lib, davlat rahbarlarining siyosiy
irodasiga ham bog’liqdir. Markaziy Osiyoning neft va gaz zaxiralariga boyligi chet
el davlatlarini doimo o’ziga jalb etib turadi.
Markaziy Osiyoda razvedka qilingan neft zaxiralari 15 dan 31 mlrd. barrel
yoki barcha dunyo zahiralarining 2,7 foizini, tabiiy gaz zaxiralari 230 dan 360
trillion kub.futni yoki dunyo zaxiralarining 7 foizini tashkil etadi.
Hozirgi kunda Yevropa hamjamiyati davlatlari energetika ehtiyojlarining 50
foizini import evaziga qoplamoqdalar. Energetika bo’yicha xalqaro agentlikning
ma’lumotiga ko’ra ushbu qaramlik yanada ortadi. Yevropa Ittifoqining tabiiy
gazga bo’lgan extiyoji 220 mlrd. m.kubni tashkil etgan holda, 2010 yilga borib 300
mlrd.sm.kubga yetadi, ya’ni 35% foizga ortadi. Janubi-Sharqiy Osiyo
davlatlarining yoqilg’i-energetik resurslarga bo’lgan extiyoji ham ayrim
ma’lumotlarga ko’ra taxminan 30 foizga ortdi. Mazkur resurslarning
cheklanganligi Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini Markaziy Osiyo
mintaqasiga e’tibor qaratishga undaydi. Osiyo hamkorligi tashkilotiga aylantirildi
va uning siyosiy funksiyalari kengaytirildi.
Oxirgi o’n yil mobaynida mintaqa rahbarlari tomonidan juda ko’plab ishlar
qilindi va natijada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik uchun yagona tizim o’zagi
shakllandi. Tan olmoq zarurki, ushbu tizimning yuzaga kelishi va shakllanishida
Islom Karimovning xizmatlari katta bo’ldi.
Mintaqa davlatlarining rahbarlari tomonidan olib borilgan bu harakatlar o’z
natijasini bera boshladi. Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan
15
iqtisodiy integratsiya uchun huquqiy asos yaratilmoqda. Iqtisodiy, savdo va
bojxona munosabatlarning takomillashib borishi natijasida, Markaziy Osiyoning
ichida ham kelajakda eksport-import amaliyotlarining rivojlanishi va uning yuqori
bosqichga ko’tarilishini kutish mumkin.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, O’zbekistonning asosiy vazifasi
hozirgi kundagi turli xil tashqi va ichki omillarni, shuningdek, barcha davlatlarning
manfaatlarini hisobga olgan holda integratsiya jarayonlarini sifat jihatidan yangi
bosqichga qaratishdir.
Shunday qilib, XXI asrda mintaqadagi davlatlarning ushbu yo’nalishdagi
harakatlari tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik va jug’rofiy-siyosiy muvozanatni saqlab
qolishga holis ko’z bilaq qarashga undaydi.
Mintaqaning kelajakdagi rivojlanishi va taraqqiyoti hozirgi xalqaro
munosabatlarning, siyosiy va iqtisodiy aloqalarning sifat jihatidan yangicha
tartibda shakllanishiga, mintaqa davlatlarini rahbarlarining yuksak mahorat va
og’ir mas’uliyatiga bogliq.
Dostları ilə paylaş: |