O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI
VAZIRLIGI
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI
“UMUMIY TARIX” KAFEDRASI
Tarix fakulteti III kurs tolibi
Mirzayev Sherzodning
O’zbek davlatchiligi tarixi fanidan
KURS ISHI
Mavzu: O’zbekistonning milliy davlat boshqaruvining tashkil etilishi
Qabul qildi:
dots.Xolmurodov A
Topshirdi:
Mirzayev Sh
Jizzax – 2012
2
Mavzu: O’zbekistonning milliy davlat boshqaruvining tashkil etilishi
Reja:
Kirish
I-bob. O’zbekistonning milliy davlat boshqaruvining tashkil etilishi
1.1.O`rta Osiyo Respublikalari o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning yo`lga
qo`yilishi
1.2. Istiqlol yillarida O`rta Osiyo Respublikalari o`rtasida savdo, diplomatik va
o’zaro elchilik
munosabatlari
1.3. ―Turkiston-umumiy uyimiz‖
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
3
Kirish
Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepoyon mintaqada qanday
hamjihat bo`lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo`lsa, bugun ham tarix
va hayot gardishi, tabiatning o`zi bizni butun O`rta Osiyo xalqlarini aynan ana
shunday do`stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga davat etmoqda.
Bir so`z
bilan aytganda, tarixiy voqelikka mana shunday qarash, jamuljam
bo`lib yashash tuyg`usi biz uchun hayot falsafasiga, yana ham aniqrog`i,
hayot
qoidasiga aylanib ketgan.
Tadqiqot mavzusi mustaqillik yillarida O`rta Osiyo davlatlari o`rtasidagi
integratsiya jarayonlari xususidadsir. Shu boiz mazkur kichik tadqiqot ishini ilmiy
asosda yoritishni , o`rganishni o`z burchimiz deb bildik.
Mustaqilligimizni ilk davrlaridanoq O`zbekiston tashqi siyosatining muhim
yo`nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar –Qozog`iston,
Qirg`iziston, Tojikiston,
Turkmaniston bilan hamkorlik, qardoshlarcha do`stlik
aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan edi.
Mintaqadagi beshta davlat o`rtasida o`xshash jihatlar ko`p. Tariximiz,
madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi,
bu mamlakat xalqlarini bir –biriga yaqinlashtirishning zaminidir. O`zbekiston
rahbariyati
bu mintaqadagi davlatlar, xalqlar o`rtasidagi teng huquqli va o`zaro
manfaatli hamkorlik o`rnatish va mustahkamlash choralarini qadamma-qadam
ko`rib bormoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarining boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990 yil
iyunda Almati shahrida bo`lib o`tgan edi. Unda bu davlatlar o`rtasida do`stlik va
hamkorlik o`rnatilish zarurligi asoslab berildi. Uchrashuv Sovet Ittifoqi hali
mavjudligi sharoitida uning ahvoli tobora yomonlashib, xalq xo`jaligining
barcha
sohalarida tanglik kuchayib borayotgan, pul qadrsizlanayotgan, narh-navo
qimmatlashib borayotgan sharoitda bo`lganligini shu o`rinda ta`kidlash lozim.
Shuning uchun ham Markaziy Osiyodagi besh davlat
iqtisodiy tanglikdagi
chiqish uchun resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga keldilar: beshta
respublika oliy rahbarlari I.Karimov, N.Nazarboyev, A. Masaliyev, Q. Mahkamov
4
va S. Niyozovlar O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlariga murojaatnoma hamda
respublikalar rahbarlarining bayonomi nomli hujjatlarni imzoladilar. 1990-yil
iyunda bo`lgan Almati uchrashuvida davlat boshliqlari har yili uchrashuv o`tkazish
to`g`risida ahdlashib oldilar.
Ming taassuf bilan shuni aytish kerakki, sobiq
SSSR hukmronligi paytida
Turkiston xalqlari o`rtasida ―Xitoy devori‖ tiklandi. Natijada ongimiz va
tushunchalarimizga chegara solindi, milliy mahdudlik qobig`ida biqinib qoldik.
Bundan esa faqat ―ulug` og`achilik‖ siyosatini yurgizuvchilargina foydalanishdi,
xolos.
Darhaqiqat,
biz tariximizga ham, olis istiqbolimizga ham ajdodlarga xos
donishmandlik bilan ma`naviy va axloqiy yuksaklikdan turib qarashimiz kerak.
Olamga kengroq nazar solishimiz lozim. Ana shunda mintaqa mamlakatlari milliy
mustaqilligini saqlagan holda umumiy taraqqiyot va buyuk kelajak sari yana ham
ko`proq ishonch bilan borishi mumkin bo`ladi.
1