Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Tajriba-sinov ishlarining qo‘yilishi va bosqichlari



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə59/64
tarix18.05.2023
ölçüsü471,78 Kb.
#116299
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Umumiy tilshunoslik kafedrasi

2. Tajriba-sinov ishlarining qo‘yilishi va bosqichlari.
Eksperiment o‘tkazish bosqichlari. Eksperiment bu tadqiqot gipotezasini sinash uchun o‘tkaziladigan jarayon. U quyidagi bosqichlardan iborat: gipotezani shakllantirish; eksperiment loyihasini belgilash; ishtirokchilarni topish va eksperiment o‘tkazish; ma’lumotni tahlil qilish va sharhlash.
Tadqiqot gipotezasini shakllantirish. Bunda tadqiqot savollaridan o‘lchab ko‘rish, sinab ko‘rish yoki baholash mumkin bo‘ladigan tadqiqot gipotezasi shakllantiriladi. Gipoteza ikkita darajada bo‘lishi mumkin: tadqiqot gipotezasi (biz sinashni xohlagan narsa) va eksperiment gipotezasi (biz amalda sinagan narsa). Tadqiqot gipotezasi tadqiqot savoliga nisbatan aniqroq bo‘ladi va asosan ha/yo‘q qabilidagi savol bo‘ladi yoki adabiyotlar tahlilining natijasi bo‘ladi. U ikki va undan ortiq o‘zgaruvchan hodisalar (variables) o‘rtasidagi munosabat sifatida tuziladi. Ushbu munosabat haqida bashoratlar ishlab chiqadi (agar – u holda). U tushuntiruvchi xususiyatga ega bo‘lish kerak va sohta yoki qalbaki xususiyatga ega bo‘lishi ham mumkin. Eksperiment gipotezasi tadqiqot gipotezasini yoki tasdiqlaydi yoki inkor etadi. U o‘lchanadigan yoki baholanadigan o‘zgaruvchan hodisalar yoki o‘zgaruvchilar (variables) ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. O‘zgaruvchan hodisalar o‘rtasida sinab ko‘riladigan munosabatlarni aniqlashtiradi.
Masalan, tadqiqotchi ikkita son so‘z turkumining semantikasini o‘rganar ekan, bunda bittasining sematikasi ikkinchisiga qaraganda ancha murakkab tuzilishga ega. Bu gipoteza hisoblanadi. Buni tadqiq etish uchun dastlab tobe va mustaqil o‘zgaruvchilarni aniqlash talab etiladi. Zero, har qanday eksperimental tadqiqotning maqsadi bir element (mustaqil o‘zgaruvchi) yoki elementlarning boshqa element (tobe o‘zgaruvchi) yoki elementlar (odatda bitta bo‘ladi)ga qay tarzda ta’sir qilishini tadqiq etishdan iboratdir. Tadqiqotchi gipotezani tekshirish/sinash uchun mustaqil o‘zgaruvchi tomonidan aniqlangan guruhlar (qaysiki ikkita son o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatuvchi)ni manipulyasiya qiladi. Bu erda mustaqil o‘zgaruvchi son so‘z turkumidir. Bunda bir son so‘z turkumi va ishtirokchilar xulq-atvori (behavior or outcome) taqqoslansa, ikkinchi son so‘z turkumi bilan boshqa ishtirokchilar xulq-atvori taqqoslanadi. Bunda son so‘z turkumining har biri mustaqil o‘zgaruvining darajasini namoyon etadi. Har bir darajani sinab ko‘ruvchi eksperimental jarayonning segmenti shart-sharoit deb ataladi. Tobe o‘zgaruvchilar eksperimentning natija o‘lchagichlaridir. Tilshunoslikda keng tarqalgan tobe o‘zgaruvchilarga reaksiya vaqti (RV) va ko‘z nigohi yo‘nalishini o‘z ichiga oladi.

Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin