Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Tilni leksik-semantik darajada tahlil qilish metodlari



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə63/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
LTM ma\'ruza

2. Tilni leksik-semantik darajada tahlil qilish metodlari.

Komponent tahlil metodi, leksik-semantik guruhlash metodi tilni leksik-semantik darajada tahlil qilish metodlari sifatida qo‘llanilishi mumkin.



Komponent tahlil metodi. Ushbu metodning ob’ekti alohida so‘z emas, balki ma’lum bir leksik-semantik guruh (LSG)dir. Biroq, shunga qaramasdan, ta’kidlash joizki, komponent tahlil (KT)ning maqsadi ma’lum bir so‘zning ma’no hajmi (semantik doirasi), barcha holatlardagi semantik xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Komponent tahlilni differensial tahlilning leksik sathdagi ko‘rinishi desak, xato bo‘lmaydi. Zero, KT so‘zlarni ma’lum guruhlarga ajratishda ularning semantik xususiyatlarini hisobga oladi va shunday xususiyatlar asosida ma’no farqlash orqali leksik-semantik guruh hosil qiladi. Boshqa sath birliklari kabi, so‘zlar ham leksik sathda ma’lum guruhlarga birikadi. Ushbu guruhda ular o‘zaro paradigmatik munosabatda bo‘ladi. SHunday munosabatdagi leksik-semantik guruhlarga quyidagi misollarni keltirish mumkin:

1) uy jihozlari nomlari: stol, stul, shkaf, kreslo, divan, sandiq, taxmon va h.k.

2) metereologik hodisalar: shamol, qor, yomgir, izg‘irin, to‘fon, bo‘ron va h.k.

3) qon-qarindoshlik atamalari: ota, bola, ona, qiz, o‘g‘il, aka, uka, tog‘a, jiyan, xotin, qaynota va h.k.

4) his-hayajonni ifodalovchi so‘zlar: xursandchilik, xafalik, shodlik, mamnunlik, nafrat, zavq, shafqat va h.k.

5) inson intellektual faoliyatini ifodalovchi fe’llar: o‘ylamoq, ikkilanmoq, fikrlamoq, bilmoq, faraz qilmoq, tushunmoq, eslamoq, unutmoq va h.k.

Ko‘rinib turganidek, so‘zlar turli leksik-semantik guruhlarga ajratilayotganda umumiy semantik xususiyatlariga asoslaniladi, ya’ni semantik umumiylikka ega bo‘ladi. Biroq, ta’kidlash joizki, ma’lum LSG tarkibiga kiruvchi so‘zlar o‘z o‘rnida o‘zaro farqlanadi, qarama-qarshilikka ega bo‘ladi. Bunda mavjud farqlar va oppozitsiyalar yordamida so‘zlarni o‘zaro chog‘ishtirish orqali ularning ma’no komponentlari aniqlanadi va har bir so‘zning semantik maydoni, ma’no doirasi yoritiladi.

KTning dastlabki bosqichi til lug‘at boyligidan ma’lum LSGning ajratilishi hisoblanadi. O‘z navbatida mazkur LSG ham o‘z bosqichlariga ega, ya’ni o‘z o‘rnida u ham ichki guruhlarga bo‘linishi mumkin. SHuningdek, ikki turli xil LSG o‘zaro bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilishi mumkin. Masalan, tirik mavjudotlarni bildiruvchi leksik birliklar jonsiz narsalarni anglatuvchi birliklar bilan qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘z navbatida tirik jonzotlar guruhi ham o‘zaro farqlanishi mumkin: qushlar nomlarini bildiruvchi LSG va baliqlar turlarini ifodalovchi LSG. Bundan tashqari, insoniy his-tuyg‘ularni bildiruvchi leksik birliklar o‘z o‘rnida ijobiy va salbiy insoniy his-tuyg‘ularni ifodalovchi LSGga bo‘linadi va o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilib o‘rganiladi.

SHunday qilib, KTning asosiy xususiyatlari quyidagicha: a) KT asosan leksik sath birliklarini tahlil qilish uchun qo‘llanadi; b) so‘zlar umumiy semantik xususiyatlari asosida ma’lum LSGga biriktiriladi; bunday so‘zlar o‘zaro paradigmatik munosabatda bo‘ladi; v) ma’lum LSGdagi so‘zlar ham (umumiy semantik belgisiga ega bo‘lsa-da) o‘z navbatida bir-biriga qarshi qo‘yilib, semantik ma’no qirralari, nozikliklari aniqlanishi mumkin.

Ushbu metod so‘zning lug‘aviy ma’nosidagi semalarni tahlil qiladi. Unga ko‘ra, so‘zning ma’nosi semalardan tashkil topadi. Bu semalar ma’noni farqlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Ushbu metod tilning leksik sathida qo‘llaniladi. M.T. Irisqulovning e’tirof etishicha, ushbu metodning ikki xil turi bor: so‘zning lug‘aviy ma’nosini tahlil qilish va ko‘p pog‘onali definitsion tahlil. Birinchi turiga binoan, so‘zning asosiy ma’nosi uning lug‘aviy ma’nosida eksplitsit ifodalanadi. YA’ni, so‘zning asosiy ma’nosi oshkora bayonga ega bo‘ladi. Ikkinchi turda esa, so‘zning asosiy ma’nosi uning lug‘aviy ma’nosida implitsit tarzda ifodalangan bo‘ladi va shu bois bu ma’no farqlovchi sema (tahlil qilinayotgan sema) tahlilning 4-5-pog‘onalarida yoritiladi. Hozirgi kunda ushbu tahlil tarjima nazariyasi va amaliyoti, frazeologiya, leksikografiyada keng qo‘llanilmoqda.

D.U. Ashurova qayd etishicha, ushbu metod til birliklarining semantik strukturasini (mazmunini) tahlil qilish bilan shug‘ullanadi va leksik ma’no kichik semantik komponentlar (semalar)ga bo‘linadi degan tamoyilga asoslanadi. Bu metod assotsiativ maydon va ko‘p bosqichli definitsion (ta’riflovchi) tahlil usullarini o‘z ichiga oladi. Dastlab mazkur metod so‘zning semantik strukturasi, so‘zning struktural munosabatlari, leksikografik tavsiflash, so‘zning sintagmatik va paradigmatik aloqalarini tahlil qilish uchun ishlatilgan bo‘lsa, matn tilshunosligida ushbu tahlil metodi so‘zlarning kognitiv strukturasini tashkil etuvchi konseptual xususiyatlarni yoritishda qo‘llanadi. SHuningdek, o‘zbek tilshunosi Z.T.Xolmonova ham mazkur tahlil metodi xususida quyidagi o‘xshash fikrlarni bildiradi: ushbu tahlil metodi so‘zning lug‘aviy ma’no ko‘lamini alohida ma’no qirralariga ajratib o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum bo‘ladiki, komponent tahlil metodiga berilgan mazkur ta’rifga ko‘ra, so‘zlarning lug‘aviy ma’nolarini va ularning turli qirralarini tahlil qilishda mazkur metod muhim o‘rin tutuadi.

Demak, komponent tahlil an’anaviy va zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda keng qo‘llaniluvchi, so‘zlarning semantik va kognitiv strukturasini tahlil qiluvchi metod sifatida e’tirof etilishi mumkin.




Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin