Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Tilshunoslikda statistik tahlil metodining qo‘llanilishi



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə103/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
LTM ma\'ruza

3. Tilshunoslikda statistik tahlil metodining qo‘llanilishi.

Statistik tahlil. O‘zbek tilshunos olimi Z.T. Xolmonova qayd etishicha, ushbu metod universal bo‘lib, tilning barcha sathlarida ishlatilishi mumkin. Til birliklari va hodisalarining nutqda ishlatilish darajasi aynan mazkur metod yordamida tahlil qilinadi. Demak, statistik tahlil barcha til birliklarining nutqda ishlatilish darajasini yoritib berishda muhim metod sanaladi.

SHuningdek, M.T. Irisqulov ta’kidlashicha, til va nutq hodisalarini oddiy sanash, miqdorini aniqlash uslubidir. Til hodisalarining statistik xususiyati lug‘aviy ma’lumotlarga asoslanadi. Ushbu uslub funksional uslublarni farqlashda ko‘p ishlatiladi. Masalan, ma’lum tilda majhul nisbat badiiy uslubga qaraganda ilmiy uslubda ko‘proq ishlatilish darajasi kabi masalalar tahlil qilinishi mumkin.

Statistik tahlil orqali til birliklarining qo‘llanish darajasi yoki ularning nutqda ifodalanish darajasi, ya’ni nutqiy faollik darajasi aniqlanadi. Ushbu tahlil natijalaridan til ta’limida, lug‘at, ko‘llanma va mashina tarjimasi dasturlarini yaratishda foydalanish mumkin.
Savollar:


  1. Eksperimental tahlil nima?

  2. Eksperiment tahlil tilshunoslikda qanday qo‘llaniladi?

  3. Eksperimentning puxta o‘tkazilishi qaysi omillarga bog‘liq?

  4. Eksperiment o‘tkazish bosqichlariga nimalar kiradi?

  5. Eksperimentda olingan natijalarning ishonchliligi qanday baholanadi?

  6. Statistik tahlil nima?

  7. Statistik tahlil tilning qaysi sathlarida qo‘llaniladi?

  8. Til birliklari va hodisalarining nutqda ishlatilish darajalari qaysi tahlil yordamida amalga oshiriladi?


Foydalanish uchun adabiyotlar:

1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.

2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.

3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy.– M., 2009.



4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T, 2010.
Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin