Tabiat sinfiga kiruvchi o‘zgaruvchilar.Bunda mazkur o‘zgaruvchi qaerdan kelib chiqqan? U eksperimentning qaysi aspektiga aloqador? kabi savollar qo‘yiladi. Xulq-atvor o‘zgaruvchilari: ishtirokchilar javoblari (grammatik reytingi, munosabat bildirish vaqti, fizik harakatlari va h.k.). Stimul o‘zgaruvchilari: ishtirokchilar javoblariga ta’sir qiluvchi omillar (so‘zning uzunligi, grammatik struktura, chastota va h.k.). Sub’ekt o‘zgaruvchilari: ishtirokchilarning o‘zgarmas xususiyatlari (yoshi, jinsi, millati va h.k.).