Etiket tamoyillari. Xavfsizlik: ishtirokchilarga moddiy va ma’naviy zarar etmaslik zarur. Xabardorlik: ular eksperiment haqida to‘liq xabardor bo‘lish lozim, ya’ni ular nima ish qiladi yoki ko‘radi. Ular odatda o‘z roziliklarini tasdiqlovchi hujjatga imzo chekadilar. Maxfiylik: ishtirokchilar anonim tarzda rasmiylashtiriladi. Ishtirokchilar haqida hech qanday shaxsiy ma’lumotlar oshkora ifodalanmaydi. Ishtirokchilarni tanib olishda identifikatsion raqamlardan foydalaniladi.
Eksperimentni baholash.Eksperimentga doimiy tanqidiy nazar bilan qaralish va uning potensial kamchiliklaridan voqif bo‘lish talab etiladi. Natijalarning ishonchliligi (reliability). Natijalar qay darajada ishonchli? Agar u izchil va takrorlanuvchi natijalarni qo‘lga kiritsa (test-sinovlari va kuzatuvlar ishonchliligi), u ishonchli bo‘ladi. Natijalarning asoslanganligi (validity). Nazarda tutilgan natijalarga erishildimi, eksperiment ko‘zda tutilgandek natija berdimi? Uning quyidagi turlari bor: konstruksiya (struktura) asosliligi, ekologik, ichki va tashqi asoslanish. Konstruksiya asosliligi. Bu eksperimentda tadqiqot ob’ektining faollashuvi bilan shug‘ullanadi. Topshiriq o‘rganilayotgan xulq-atvorni mos ravishda yarata oladimi? O‘zgaruvchilar mos ravishda sinaladimi yoki tekshiriladimi? Ekologik asoslilik. U loboratoriyadan tashqari holatdagi xulq-atvorning qay darajada vakili hisoblanadi. Eksperimentdagi topshiriq juda ham sun’iy bo‘lmasligi zarur. Ichki asoslilik. Barcha tushuntiriluvchi o‘zgaruvchilar tartibli ravishda aniqlandimi yoki nazorat qilindimi? Muqobil izoh/sharhlar jiddiy ravishda muhokama qilindimi yoki e’tiborga olindimi? Tashqi asoslilik. Natijalar qay holda butun aholiga nisbatan umumlashtiriladi?