Umumiy tushunchalar



Yüklə 1,17 Mb.
səhifə1/5
tarix03.03.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#86432
  1   2   3   4   5

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


IB VA KT FAKULTETI
TJICHAB YO’NALISHI
338-19 GURUH TALABASI
TURG’UNOV ZOBITBEK

MUSTAQIL ISHI

MUNDARIJA
KIRISH
UMUMIY TUSHUNCHALAR

    1. Sement tarixi va tarifi

    2. Sement ishlab chiqarish usullari

TANLANGAN QURILMA TA’RIFI

    1. Sement ishlab chiqarish quruq usuli

    2. Siklonli issiqlik almashtirgich loyihasi va hisobi

XULOSAFOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH
Mamlakatimizda keyingi yillarda ulkan darajada qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Ko‘plab zamonaviy bino va inshootlar, ko‘p qavatli uylar qad rostlamoqda. Bu esa qurilish materiallariga ayniqsa, sementga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘ladi. Mamlakatda qurilish materiallari taqchilliga yuzaga kelmasligi va mahalliy bozorni arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, viloyat hokimliklari va tijorat banklari bilan hamkorlikda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqda. Birgina sement ishlab chiqarish bo‘yicha 2019 yilda jami 12 ta loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, umumiy yillik quvvat 3 mln. 530 ming tonnaga ortishiga erishildi. 2020 yilda sement mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida 6 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilda “Ohangaronsement” AJ bazasida yangi sement zavodini barpo etish eng yirik loyihalardan biri sanaladi. Yangi korxonaning yillik quvvati 2 mln. 400 ming tonna, loyiha qiymati 160 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. Sement zavodi joriy yilning ikkinchi yarmida foydalanishga topshiriladi. Hozirda bu yerda so‘nggi qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilda Jizzax viloyatida ham “Huaxin Cement Jizzakh” MChJ QK tomonidan yangi sement zavodi o‘z faoliyatini boshlaydi. Umumiy qiymati 150 mln. AQSh dollari bo‘lgan korxonada yiliga 1 mln. 200 ming tonna sifatli sement ishlab chiqariladi. Shuningdek, 2020 yilda Namangan viloyatida “Jaxon Yevro Servis” MChJ, Samarqand viloyatida “Samarqand Afrosiyob Sement” MChJ, Farg‘ona viloyatida “Qurilish ashyo sifat servis” MChJlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. “Bekobodsement” AJda esa yangi sement maydalash tegirmoni ishga tushirilishi natijasida korxonaning sement ishlab chiqarish quvvatlari 500 ming tonnaga ortadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda portland sementning deyarli barcha turlari ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda ushbu qurilish materialiga bo‘lgan talab muttasil oshmoqda va buning natijasida portland sement muhim strategik resursga aylanmoqda. Portland sementning xususiyatlari uni ishlab chiqarishda foydalaniladigan mineral qo‘shimchalar va to‘ldirgichlar bilan bog‘liqdir.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin