Kimyoviy elementning tartib raqamlari ularning yadrosidagi protonlar sonini (Z) ko’rsatadi.
• Yadroning xossasi uning tarkibi (protonlar va neytronlar soni) bilan aniqlanadi. • Yadroning ikkinchi muhim xossasi massa sonidir. Massa soni (A) atom yadrosidagi protonlar (Z) bilan neytronlar sonining umumiy yig’indisinini ko’rsatadi:
A = Z + N; A- nisbiy atom massa,
• Z – atomning yadro zaryadi = elementning tartib raqami=protonlar soni=elektronlar soni. Misol uchun natriy atomining tartib raqami 11, yadro zaryadi +11, yadrodagi protonlar soni 11 ta, yadro atrofidagi elektronlari soni 11 ta. Yoki xromning davriy sistemadagi tartib raqami 24, uning yadro zaryadi +24, yadrosidagi protonlar soni 24 ta, yadro atrofidagi elektronlar soni ham 24 va h.z.
Har qanday kimyoviy elementning atom yadrosidagi neytronlar soni
N = A - Z formula bilan topiladi.
Masalan: Aℓ ning tartib raqami 13 (Z = 13), Ar = 27 ga teng. Bunda Aℓ atomi yadrosidagi neytronlar soni: N = 27-13 = 14 ga teng bo’ladi. Yod atomidagi neytronlar 127-53=74 ta bo’ladi.
Aℓ yadrosi tarkibini Aℓ (13p;14n), yadrosi tarkibini esa I (53p; 74n) shaklida ifodalash mumkin.
• Kimyoviy elementlar atomlarining o’lchami (diametri) 10-10m (10-8sm), yadroning o’lchami 10-15 m (10-13 sm) ga teng bo’ladi.
Turli elementlarning atomlari turlicha massa va o’lchamga ega bo’ladi. Eng kichik atom vodorod atomidir. Uning diametri taxminan 1∙10-8sm (yoki 1 ∙ 10-10 m).
Xlor atomining diametri esa ≈1,8∙10-8sm va h.z. Bunday mayda zarrachalarning kattaligini ifodalash uchun uzunlik birligi angstrem (A0), nanometr (nm) va pikometr ishlatiladi:
1A0 = 10-10m; 1nm = 10-9 m; 1pkm = 10-12m;