Umumiy va noorganik kimyo


Kimyo fanining muhim vazifalari quyidagilardan iborat



Yüklə 50,99 Kb.
səhifə2/5
tarix03.06.2023
ölçüsü50,99 Kb.
#124508
1   2   3   4   5
1-M-1

Kimyo fanining muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
- moddalarni, ularning xossalarini o’rganish va moddalardan xalq
xo’jaligida qanday maqsadda foydalanish mumkinligini oldindan belgilash;
-xalq xo’jaligida zarur bo’ladigan turli xil moddalarni olish: Masalan: turli plastmassalar, dori-darmonlar, mineral o’g’itlar va boshqalar;
-yangi energiya manbalarini yaratish;
-ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
-mahalliy xom ashyolardan samarali foydalanish;
-kimyoviy o’zgarishlar energiyasidan foydalanish;
-chiqindisiz va ekologik toza texnologiyalar yaratish;
-atrof-muhit muhofazasi va boshqalar.
O'tgan asrning 40-yillaridan boshlab Vatanimizda o'g'it sanoati uchun asos bo'lgan ammiak ishlab chiqarila boshlandi, ko'plab sement, qurilish materiallari, tibbiyot va qishloq xo'jaligi preparatlari yaratildi. Hozir kimyo sanoati ishlab chiqarayotgan mahsulotlardan foydalanmayotgan biror sohani ko'rsatish qiyin. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kimyo fani va sanoati tez o'sib, rivojlandi. Misol uchun «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiyazot» AJ korxonalarining ishlab chiqarish quvvati, texnika va texnologiyalari taraqqiyoti jihatdan mustaqil O'zbekistonning faxriga aylandi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining rux-qo‘rg‘oshin, mis-oltin, molibden, texnik selen, tellur, mis kuporosi, ammoniy perrenat, sulfat kislota va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish sexlari yangi hozirgi zamon texnologiyasiga o'tkazildi. Qo'ng'irot soda zavodining ikkinchi bosqichi qurib bitkazildi, mahsulot ishlab chiqarish ko'paydi. Surg'ul koni negizida Ustyurt kimyo majmuasi ishga tushirildi.
«Sho'rtan gaz-kimyo» majmuasi. Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi, «Surxondaryo nefteorgsintez» korxonasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlar mamlakatimiz qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot, farmatsevtika, qurilish va boshqa qator sohalami plastmassa buyumlari, plyonka, uy-joylar uchun zaruriy narsalar bilan ta’minlab turibdi. Bular bilan bir qatorda texnologik ishlarning asosiy qismi avtomatlashtirildi, mehnat muhofazasi, ekologiya, sog'liqni saqlash va xavfsizlik masalalariga ahamiyat kuchaytirildi, ekoanalitik laboratoriyalar ishga tushirildi.
Navoiyda tashkil etilgan «Suv muammolarini hal etish ilmiy tadqiqot laboratoriyasi» rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan eng yangi tahlil asbob-uskunalari bilan ta’minlandi, nanokimyo darajasida ilmiy tadqiqot olib borishga to‘la imkon yaratdi. Bu sa’y-harakatlar yaqin kelajakdagi ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojni qondirishga, mahalliy xom ashyolardan foydalanib zamonaviy filtrlar tayyorlash jarayonlarini taqozo etadi.

Yüklə 50,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin