Atom-molekulyar ta’limot—bu moddaning atom, molekula va ionlar kabi eng kichik strukturaviy (tuzilish) birliklardan iboratligi haqidagi ta’limotdir.
Barcha moddalar (oddiy moddalar ham, murakkab moddalar ham yoki aralashmalar ham) turli xil zarrachalardan tarkib topgan. Bu zarrachalar atom, molekula va ionlardir.
1860-yilda Karlsrueda bo’lib o’tgan kimyogarlarning xalqaro sezdida atom va molekulalar ta’rifi qabul qilindi.
• Atom - musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida orbitallar bo’ylab harakatlanadigan manfiy zaryadli elektronlardan tuzilgan, kimyoviy jihatdan bo’linmaydigan eng kichik elektroneytral zarrachadir.
• Atom yadrosining musbat zaryadi D.I. Mendeleyev elementlar davriy sistemasidagi elementning tartib raqamiga son jihatidan teng. Masalan: litiyning tartib raqami 3 ga teng, shuning uchun uning yadro zaryadi ham +3; azotning tartib raqami 7 ga teng, uning yadro zaryadi esa +7 ga teng bo’ladi va boshqalarida.Atomning zaryadi nechaga teng bo’lsa, unda shuncha sonidagi protonlar bo’ladi.
Atomning musbat zaryadi ya’ni undagi protonlar soni yadro atrofidagi elektronlar soniga teng bo’ladi.
Masalan; kislorod atomining tartib raqami 8, demak uning zaryadi +8 ga teng va yadro atrofida 8 ta elektron harakatlanadi: