Umumiy va o'rta maxsus ta'lim maktablarida fizika fanini o'qitishda pisa testlaridan foydalanishning ahamiyati


PISA testlarida to‘rt xil sinov usulidan foydalaniladi



Yüklə 120,38 Kb.
səhifə2/2
tarix02.06.2022
ölçüsü120,38 Kb.
#60428
1   2
B.Muratbaeva PISA test

PISA testlarida to‘rt xil sinov usulidan foydalaniladi:
a) bir javobli testlar;
b) bir nechta javobli testlar;
d) qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;
e) bir muammoning yechimi bo‘yicha o‘quvchi fikri (odatda, bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar bo‘ladi, o‘quvchi javobi test tuzuvchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, o‘quvchilarning ijodkorligi qo‘llab quvvatlanadi).
F izika nuqtayi nazaridan qarasak, u nazariy va amaliy jihatdan o’rganiladi. Amaliy jihati bu, nazariyadan olgan bilimlarini masala yechish, laboratoriya ishlarini bajarish orqali chuqurlashtirish hamda hayotda qo’llay olish darajasi hisoblanadi. PISA testlari mana shu qonuniyatlarni hayotda qo’llay olish uchun xizmat qiladi. PISA test namunalariga e’tiborni qarataylik:
Bu testni yechish uchun faqat fizikani bilish kifoya emas, bu yerda fizika va kimyo
fanlararo bog’lanishini, hatto suvning kimyoviy belgilanishi bila olishi lozim.
2. Rasmda tasvirlanganlar asosida qaysi harakat sodir bo‘ladi?

a) mexanik harakat;


b) ilgarilanma harakat;
d) broun harakati;
e) aylanma harakat.
Bu testni yechishi uchun o’quvchi mexanik harakat, ilgarilanma harakat, Broun harakati va aylanma harakatlarni tushunib yetishi va aniq bir-biridan farqlay olishi lozim. Broun harakatini tushunib yetishi uchun MKN nazariyani chuqur o’rgangan bo’lishi lozim.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, umumiy o‘rta ta’lim maktabi fizika fanining samaradorligini oshirish uchun bir qator muhim jihatlarni hisobga olinishi zarur hisoblanadi. Bulardan eng muhimi fizika fanini o‘qitishda nazariya va amaliyot hamkorligini ta’minlash va o‘quvchilar olayotgan bilimlarni o‘z vaqtida ko‘nikma va malakaga aylanishi eng muhim va dolzarb masaladir, chunki oquvchining savodxonligi har tomonlama tekshirilganda ham fundamentida, fizika tabiiy fan ekanligi ta’kidlanadi. Uni anglab yetish uchun esa berilayotgan bilimlar, o’quvchilarning fanga qiziqishini oshirish va ijodiy faoliyatga yo’naltirish o’qituvchi shaxsiga va faolligiga bog’liq bo`lib yetuk va mustaqil fikrga ega kadrlarni yetishib chiqishida muhim ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Mirzaxmedov B.va boshqalar. Fizika o’qitish metodikasi. I qism: 2017.

  2. Mirzaxmedov B. va boshqalar. Fizika o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Toshkent, 2018.

Yüklə 120,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin