Umumiy va tarixiy geologiya


Neftning minerallardan hosil bo’lish gipotezasi



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə4/14
tarix11.04.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#55173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Курс иши таййор

Neftning minerallardan hosil bo’lish gipotezasi. Neftning minerallardan hosil bo’lish gipotezasining barchasida neftni uglevodorod, kislorod, oltingugurt va azot tutuvchi komponentlari uglerod, vodorod, is gazi, karbonat angidrid, metan, suv va radikallardan hosil bo’lgan degan farazdan iborat.

D.I.Mendeleevning fikriga ko’ra uglevodorodlarni hosil bo’lish jarayoni metall karbidlarini suv bilan ta’sirlashishi bo’lgan. Bunda quydagi jarayon amalga oshgan;



Misol tariqasida temir karbidini suv bilan ta’sirlashishini ko’rishimiz mumkin;



Hosil bo’lgan gaz holidagi uglevodorodlar yerning yuqori sovuq qismiga ko’tarilib g’ovak cho’kma qismida kondensatsiyalangan. Yerning quyi qismidagi karbidlar o’sha davrda hali ma’lum bo’lmagan. Hozirgi kunda D.I.Mendeleev fikri tasdiqlanib yerning quyi qismida. karbidlar aniqlandi. Ammo shuni ta’kidlash ham lozimki bu karbidlar judayam oz miqdorda tarqoq holda tarqalganligi va bir joyda ko’p miqdorda joylashgan rudalari aniqlanmaganligi ham ma’lum bo’ldi. Shuning uchun ko’p miqdorda hosil bo’lgan uglevodorodlarni qanday hosil bo’lganligini bu pozitsiya bilan isbotlash juda qiyin.

Bundan tashqari suv yer yuzasidan bu qadar chuqurlikka kirib borishi mumkin emasligi D.I.Mendeleev fikriga ziddiyat tug’diradi. Ammo bunday bo’lmasligi ham mumkin, chunki quyi qatlam fluid fazasi uncha ko’p bo’lmagan. miqdorda o’zida namlikni saqlaydi. Shuning uchun uni karbidlar bilan ta’sirlashish ehtimolligi ham yo’q emas. Natijada oddiy molekulali ugevodorodlani hosil bo’lishi ehtimolligi paydo bo’ladi, lekin uni katta miqdorda hosil bo’lish ehtimolligi juda kam.

XX asrning birinchi yarimiga kelib neftni minerallardan hosil bo’lishi haqidagi gipoteza o’z mavqeyini yo’qotdi.

1950-yilga kelib minerallar gipotezasiga bo’lgan qiziqish yana o’z o’rnini egalladi. Buning yagona sababi sifatida organik konsepsiya asosida yotgan noaniq sabablar bo’ldi.

Bu nazariyani ilgari surgan olimlar qatorida N.A.Kudryatsvaning fikri haqiqatga yaqin bo’lganligi barchani teran fikrlashga majbur qildi. Uning fikriga ko’ra yerdagi lar aralshmasidan aralashmasi quydagi reaksiya natijasida uglevodorodlar hosil qiladi;




Bundan tashqari radikallarni polimerlanishi natijasida ham sintez amalga oshadi. Uglevodorodlarni reaksion aralashmalardan hosil bo’lishi litosferani quyi qatlamlaridagi bo’shliqlarda boradi. Yuqori bosim ostida turgan bo’shliqda neft va gaz yig’ilishi kuzatiladi.

Bu kabi fikrlar juda ko’p olimlar V.B.Porfirev, P.N.Kropotkin, E.B.Chekalyur, AQSh olimlaridan T.Goldlar tomonidan ham bildirilgan.

Ayrim olimlar neftni abiogen sinteziga dalil izlash davrida sanoat usulida sintetik yoqilg’i olish usulini, Fisher-Trop sintezini ishlab chiqishdi. Biroq neftni tarkibini o’rganish orqali uning tarkibida tabiiy va sintetik uglevodorodlar borligi aniqlandi. Ammo shu ham ma’lum bo’ldiki, neft tarkibida yog’ kislotalari, terpenlar, sterol va boshqa tirik organizmda uchraydigan moddalar yo’qligi ham aniqlandi.

Neftning tarkibi haqidagi ma’lumot ko’paygan sari sintetik va tabiiy uglevodorodli aralashmalarning tarkibidagi farqlar aniqlandi. Sintetik uglevodorodli aralashmalar o’z tarkibida murakkab tuzilgan uglevodorod molekulalari, yog’ kislotalari, terpen, sterollar kabi to’yinmagan strukturalarni tutmaydi. Neftning minerallardan hosil bo’lganligini isbotlovchi nazariy dalillar termodinamik xisoblarga asoslanadi. E.B. Chekamok ba’zi izomer uglevodorodlarni hosil bo’lish haroratini o’rganish orqali neftni hosil bo’lish haroratini aniqlashga harakat qilgan. Yuqori haroratli sintez natijasida teng termodinamik aralashmalar hosil bo’lgan. Shu yo’l bilan hisoblangan neftning hosil bo’lish harorati 450-900 C ni tashkil etgan. Bu tempertura yerning 100-160 km chuqurligida joylashgan yuqori mantiya qatlamidagi temperaturaga to’g’ri keladi. Ammo ayni neftlarni hosil bo’lish haroratini boshqa izomer juftliklar bo’yicha hisoblash natijasiga ko’ra yer qarida mavjud bo’lmagan temperatura dan gacha bo’lgan harorat kerakligi aniqlangan. Hozirgi kunda neftlarning izomer uglevodorodlari muvozanatlashmagan sistema ekanligi aniqlandi. Boshqa tomondan qaralsa, uglevodorodlarni xususiyatlarini termodinamik hisoblash natijalari shuni ko’rsatdiki, ularni sintezi uchun tabiatda mavjud bo’lmagan o’n minglab mega paskal bosim talab etiladi. Yerning quyi qismlarida va uning gomologlari sintezi, ba’zi yuqori birikmalar sintezi amalga oshishi mumkindir, ammo hozirda murakkab tarkibli uglevodorodlarning minerallar sintezini mavjudligini isbotlovchi nazariy yoki eksperimental dalillar yo’q. Tabiiy neft yuqori optik faollikka ega, molekulyar tuzilish darajasida tirik organizmlarda uchrovchi moddalar va cho’kma tog’ jinslarining bioorganik moddalari bilan ko’plab xususiyatlari va xossalari o’xshash.

Neft va gaz konlarini o’rganish davrida yerning mantiya qatlamini cho’kma jinslarini neftga nisbatan ahamiyati ozligini isbotlovchi muhim mahsulotlar olingan.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin