Umumiypedagogika


O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni



Yüklə 111,27 Kb.
səhifə8/47
tarix14.05.2023
ölçüsü111,27 Kb.
#113539
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Samarqand davlat universiteti

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi – O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining maqsadi va vazifalari. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etuvchi o’quv muassasalar (akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari) faoliyati. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari faoliyatini tashkil etish. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari faoliyatining umumiy hamda farqli jihatlari.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni (o’quv rejalari, umumiy va ixtisoslik fanlari bo’yicha yaratilgan Davlat ta’lim standartlari, umumiy va ixtisoslik fanlarining dasturlari, darsliklari, o’quv va metodik qo’llanmalar). O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ustuvor tamoyillari.
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan o’quv va ixtisoslik fanlari bo’yicha Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish, hayotga tadbiq etish.
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining o’quv rejalarida ijtimoiy, gumanitar, matematika, tabiiy-ilmiy va maxsus fanlarning o’zaro muvofiqligiga erishish.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini yorituvchi darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalarning yangi avlodini yaratishga yangicha yondashuv. Akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o’qituvchilarida o’quv dasturlari, o’quv darsliklari, o’quv va metodik qo’llanmalardan ijodiy foydalanish malakalarini hosil qilish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. ma’ruza, namoyish yetish, blis-so’rov, savol-javib, “baliq skeleti”, munozara, BBB, Insert, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A7; A8; A9; A10; A11; A12; A13; Q24; Q28; Q36.
Ta’lim metodlari va vositalari
“Ta’lim metodlari” va “ta’lim usullari” tushunchalarining mohiyati. Ta’lim metodlarining tasnifi. Ta’lim metodlarini tasniflashga bo’lgan turli yondashuvlar. Ta’lim metodlarining asosiy turlari (og’zaki metodlar, ko’rgazmali metodlar, amaliy metodlar, shaxsni faollashtiruvchi metodlar va boshqalar) Sharq mutafakkirlari (Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar) ta’lim metodlari haqida. Turli yoshdagi o’quvchilar guruhlarida ta’lim metodlarini samarali qo’llash shartlari.
Ta’limning zamonaviy vositalari (darsliklar, elektron darsliklar, o’quv va metodik qo’llanmalar, yordamchi manbalar, mashqlar to’plamlari, atlaslar, ensiklopediyalar, lug’atlar, xrestomatiyalar, ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar, laboratoriya jihozlari, asbob-uskunalar va boshqalar). Ta’limning axborot vositalari (kompyuter, televizor, radio, magnitafon, lingofon, video qurilmalar va boshqalar). Ta’lim vositalarining didaktik imkoniyatlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. ma’ruza, namoyish yetish, blis-so’rov, savol-javib, “baliq skeleti”, munozara, BBB, Insert, o’z-o’zini nazorat.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A7; A8; A9; A10; A11; A12; A13; Q24; Q28; Q36.



Yüklə 111,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin