Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va
səhifə 4/47 tarix 14.05.2023 ölçüsü 111,27 Kb. #113539
Samarqand davlat universiteti
Fan bo’yicha talabalarning bilim , ko’nikma va
malakalariga qo’yiladigan talablar
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” o’quv fanini o’rganish jarayonida bakalavrlar quyidagi pedagogik tushunchalar, ularning mohiyatiga oid nazariy bilimlarni puxta o’zlashtirishlari zarur: pedagogika, didaktika, tarbiya nazariyasi, tarbiya turlari , ta’lim menejmenti, uzluksiz ta’lim, uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim ishtirokchilari, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi, milliy pedagogik meros, jahon ta’lim tizimi.
Shuningdek, talabalar:
fan metodologiyasi ;
pedagogik antropologiya;
pedagogik jarayon mohiyati;
pedagogik faoliyat mazmuni;
pedagog shaxsida namoyon bo’lishi zarur bo’lgan sifatlar;
ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari;
ilmiy-pedagogik tadqiqot obyektlari va metodlari;
ta’limiy va tarbiyaviy tamoyillar ;
an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlar;
ta’lim va tarbiya shakllari, metodlari, vositalari;
ilg’or pedagogik texnologiyalar;
maxsus pedagogikaning asosiy yo’nalishlari;
milliy pedagogik meros va jahon ta’limi tajribasining yosh avlodni shakllantirishdagi ahamiyati;
komil inson, malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining o’ziga xos jihatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lish lar i ;
O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati , kadrlar tayyorlash milliy modeli;
ta’lim va tarbiya jarayonlarining o’zaro birligi va aloqadorligi;
o’qitish va tarbiya qonuniyatlari;
ta’lim nazariyasi(didaktika)ning umumiy asoslari;
ta’lim turlari va bosqichlari;
ta’limni tashxis qilish ;
tarbiya nazariyasining muhim tarkibiy elementlari;
oila, jamoa va muhitning shaxs tarbiyasidagi o’rni;
o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash;
oila tarbiyasi va o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari;
O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi, uning muhim bosqichlari;
ta’limni boshqarish;
shaxsga ta’lim va tarbiya berish g’oyalarining shakllanish tarixi ;
Sharq va G’arb mutafakkirlarining shaxs ta’limi, tarbiyasini tashkil etishga oid qarashlari;
tarbiya, maktab va pedagogik fikrning taraqqiy etish tarixi;
jahon ta’lim tizimi an’analaridan xabardor bo’lishlari ;
ta’lim va tarbiya jarayonida milliy pedagogik meros namunalari, jahon ta’limi an’analaridan foydalanish;
pedagogik faoliyatni rejalashtirish;
kasbiy faoliyatni tashkil etishda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy shakl , metod, vosita va texnologiyalarini qo’llash;
ta’lim oluvchilar faoliyatlarini nazorat qilish;
o’quvchilarning bilimlarini to’g’ri tashxis qilish va xolis baholash;
qobiliyatli, iqtidorli o’quvchilarni tanlay bilish, ularni rag’batlantirish, iste’dodlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
alohida o’quvchi, o’quvchilar jamoasi, ota-onalar bilan yakka tartibdava guruh bo’lib ishlash;
o’quvchilar jamoalarini boshqarish;
ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish ;
oila va ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;
pedagogik faoliyat mohiyatini yorituvchi ish hujjatlarini to’g’ri yuritish;
ta’lim menejmentini oqilona olib borish;
O’zbekiston Respublikasida pedagogika fanining rivojlanish istiqbollarini belgilash ko’nikma va malakalariga ega bo’lishi lari lozim.
Dostları ilə paylaş: