FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI (2)
1-rasm. Ta’lim jarayonini tashkil etishda AKTning texnik vositalari Buning boshqa misoli sifatida virtual laboratoriya ishlardan o‘quv mashg‘ulotlar keng foydalanishini ko‘rsatishish mumkin. Fizika fanini o‘qitishning samaradorligini oshirishda virtual laboratoriyalardan, fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beruvchi dasturlar: MatCad, MatLab, Maple, Crocodile physics, Yenka Science, Electronics Workbench kabi dasturlardan foydalanish mumkin.
Murakkab jarayonlarni o‘rganishda modellarning roli katta. Kompyuter yordamida soddalashtirilgan model ishga tushiriladi. Avval boshlang‘ich shartlari, so‘ng turli qadam bilan xisoblash amalga oshiriladi. Olingan natijalar kompyuter xotirasida fayl shaklida saqlanadi. Agarda dastur ishlashi biron-bir sabab bilan to‘xtab qolsa, shu yerda ishga tushirish iloji mavjud. Natijalarning taxlilini aksariyat xolatlarda ikkinchi qadamda amalga oshirish kuzatiladi. Buning uchun boshqa dastur ishga tushirilib, uning yakuniy natijasini grafik shaklida monitor ekranida paydo bo‘lishi bilan yakunlanadi. Hozirda bunday qadamlar zarur bo‘lmay qoldi. Natijalar olinib, ularning taxlili qo‘shimcha ekranda o‘z aksini topadi.
Fizika darslarida AKTdan foydalanish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
o‘quv jarayonida va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning asosiy kompetentsiyalarini shakllantirish;
o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish;
o‘quvchilar tomonidan kompyuter savodxonligini o‘zlashtirish va kompyuter savodxonligi darajasini oshirish;
o‘quvchilarning mustaqil va tadqiqot faoliyatini tashkil etish;
o‘quvchilarning fazoviy tafakkurini, bilish qobiliyatini rivojlantirish;
darslarning estetik jozibasini oshirish.
Umumlashtirish maqsadida shuni aytish joizki, fizika fanini o‘qitish jarayonining samaradorligini oshirishda AKT vositalaridan, dasturiy ta’minotlardan foydalanish muhim ahmiyat kasb etadi. Bu fizikaning mohiyatini kamaytirmasdan, balki uni oson tushunishga imkoniyati paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Bu holat o‘z navbatida ta’limda kompleks tushunchaning shakllanishiga asos bo‘ladi.