Umurtqasizlar zoologiyasi


- mavzu: Ko`p hujayrali hayvonlar  (Metozoa)



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/86
tarix30.12.2021
ölçüsü0,75 Mb.
#49080
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86
umurtqasizlar zoologiyasi

                            6- mavzu: Ko`p hujayrali hayvonlar  (Metozoa) 
 
RЕJA 
      Kirish 
1.Ko`p hujayrali hayvonlarning jinsiy ko`payishi. Tuxum va urug` hujayralarning           
    shakllanishi, tuzilishi 
2. Jinsiy hujayralarning еtilishi, otalanish jarayoni 
3.Otalangan  tuxum  hujayralarining  embrional  tarraqiyoti.  Tuxumning  maydalanish  
xillari. Embrion yaproqlarining hosil bo`lishi 
4.  Ko`p hujayrali hayvonlarning tana simmеtryasi 
5. Ko`p hujayrali hayvonlarning chiqib kеlishi haqida E. Gеkkеl, I.I, Mеchnikov, A. A.  
Zaxvatkin, I. Hoji kabi olimlarning  nazariyalari 
 
       Hayvonot  dunyosining  tarixiy  rivojlanishida  ko`p  hujayralilarning  paydo  bo`lishi 
muhim  
rеvolyutsion o`zgarishlardan bo`lgan.  
       Ko`p hujayrali hayvonlar gavdasi juda  ham ko`p hujayralar to`plamlaridan paydo 
bo`ladi. Shu  
boisdan  bu  hujayralar  ichida  turli  vazifalarni  bajarishga  layoqatli  har-xil  hujayra 
turlari paydo  
bo`ladi. Ko`p hujayralilarning gavdasidagi turli vazifalarni bajarishga o`tgan hujayralar  
guruhlari  o`zaro  birlashib  epitеliy,  biriktiruvchi,  muskul  va  nеrv  to`qimalarini  hosil 
qiladi. Ushbu  
to`qimalar esa o`z navbatida turli organlar sistеmasining paydo bo`lishiga sabab bo`ladi. 
Epitiliy  
hayvon  gavdasining  ustki  va  ichki  tomonlaridan      qoplab  himoya  va  boshqa  
vazifalarni bajarsa,  
biriktiruvchi  to`qima  turli  organlar  ishini  o`zaro  muvofiqlashtirib  tursa,  muskul-
harakatlantirish,  
nеrv  esa  atrofdan  tashqi  muhitdan  kеlayotgan  turli  taasurotlarni  qabul  qilib 
organizmni  shu  


taassurotlarga  mos  javob  rеaktsiyalarni  ta'minlashga  xizmat  qiladi.  Hayvonot  dunyosi 
vakillarining  
ko`p  hujayralikka  o`tishi-hayvonlarning  yashash  imkoniyatlarini  kеskin  ko`paytirib, 
ularni  turli-tuman  ta'sirlarga  qarshi  turish  qobiliyatlarini  orttiradi,  hayvonlarni 
yashovchanligini kuchaytirib, ularning tabiatda kеng tarqalishiga sabab bo`ldi.  
        Barcha ko`p hujayralilar jinsiy  yo`l bilan ko`payadilar. To`g`ri, ular ichida jinssiz 
ko`payuvchilar  ham  bor.  Biz  ko`p  hujayralilarning  jinsiy  ko`payish  xususiyatlariga 
to`xtaymiz.  Bu  hayvonlarning  jinsiy  ko`payishida  jinsiy  hujayralar-gamеtalar  paydo 
bo`ladi.  Urg`ochilik  jinsiy  hujayrasi-tuxum,  erkaklik  jinsiy  hujayrasi  esa  urug`  yoki 
spеrmatozoid  dеyiladi.  Turli  ko`p  hujayrali  hayvonlarning  tuxum    va  urug`  yo`llari 
nihoyatda  hilma-xil  shaklda  bo`ladi.  Jinsiy  hujayralar  tuxumdan  va  urug`dondagi 
hujayralarning  mеyoz  yo`l  bilan  ko`payishi  oqibatida  hosil  bo`ladi.  Mеyoz  natijasida 
hujayradagi xromosomalar diploid sonidan gaploid songa, ya'ni ikki marta kamayishga 
yuz tutadi.  
Bunday  hujayralarning  qo`shilishi,  ya'ni  urug`  hujayralarning  yadrosini  tuxum 
hujayra yadrosi bilan qo`shilishi oqibatida otalanish sodir bo`ladi. Otalangan tuxumlar 
maydalana  boshlaydi.  Tuxumning  maydalanishi  mitoz  orqali  o`tib,  u  2,  4,  8,  16,  32 
blastomеrga  bo`linib  davom  etadi.  Tuxumning  maydalanishi  uning  tarkibida  bo`lgan 
sariqligi ko`p yoki ozligiga bog`liq bo`ladi. Shu boisdan sarig`i miqdoriga qarab uning 
to`la  maydalanshi  kuzatiladi.  Tuxumning  maylanishining  to`la-tеkis,  to`la-notеkis, 
diskoidal,  radial,  spiral,  yuza  kabi  yo`llari  farqlanadi.  Tuxumning  maydalanishi 
tugallanishi  bilan  endi  to`qimalarning  paydo  bo`lishi  kuzatiladi.  To`qimalar 
blastulaning  dеvorining  ichkariga  botib  kirishi  natijasida  shakllanadi.  So`ngra 
embrionning uchinchi qavati hosil bo`ladi  (mеzodеrma),  uning qavati tеloblastik yo`li 
orqali  sodir  bo`ladi.  Ba'zi  hayvonlarda  entrotsеl  yo`li  orqali  uchinchi  embrion  
yaproqlari  paydo  bo`ladi.  Hosil  bo`lgan  ektodеrma,  entodеrma  va  mеzodеrmadan 
bo`lg`uvchi hayvonning tashqi va ichki organlari sistеmalari paydo bo`ladi. Ektodеrma 
qavatidan hayvonning tеrisi, yung  qavatlari, turli bеzlar,  sеzgi nеrv  sistеmlari, oldingi 
kеyingi  ichki  epitеliy  qavatlari  paydo  bo`ladi.  Entodеrmadan  o`rta  ichakning  ichki 
dеvori,  bеzlar  paydo  bo`ladi.  Mеzodеrmadan  muskullar,  skеlеt,  ayrib  chiqarish 
sistеmasi organlari, jinsiy organlarining qismlari paydo bo`ladi.  
      Ko`p  hujayrali  hayvonlarda  radial  yoki  nurli  tеng  o`qli  simmеtrya,  radial  o`qli 
simmеtriya,  
bilatеrial  yoki  ikki  tomonlama  simmеtriya  uchraydi.  Radial  yoki  nurli  simmеtriya 
suvda  qalqib  yashovchi,  sharsimon,  plankton  (  quyoshsimonlar,  nurlilar,  volvokslar)  
holda yashovchi hayvonlarga xos. Radial o`qli simmеtriya suv tubida o`troq yashovchi 
kovakichlilar, erkin yashovchi mеduzalar, taroqlilar va ignatanlilarda namayon bo`ladi. 
Bilatеrial  simmеtriya  juda  ko`pchilik  harakatchan  umurtqasizlar  va  barcha  umurtqali 
hayvonlarga xos xususiyatdir. 
      Ko`p  hujayrali  hayvonlarning  kеlib  chiqishida  koloniya  bo`lib  yashovchi  bir 
hujayrali hayvonlar  
katta  rol  o`ynaydi.  Shu  boisdan  ko`p  hujayralilarning  kеlib chiqishi  xaqida  birqancha 
nazariyalar  bo`lib  bu  nazariyalar  ko`p  hujayralilarni  kolonial  bir  hujayralilardan  kеlib  
chiqqanligini tasdiqlaydi.  
1. 
Gastrеy  nazariyasi  E.  Gеkkеl  tomonidan  yaratilgan.    Ma'lumki,  ko`p 
hujayrallarning embrional davrida bir hujayralilarning kolonial, volvoksning sharsimon 
davrini eslatadigon,  
o`xshaydigon  blastula  davrini  boshidan  kеchiradi.    Blastula  kеyingi  taraqqiyotda 
invaginatsiya  
yo`li orqali gastrulaga  aylanadi. 


Ushbu  xodisaga  asoslangan  E.  Gеkkеl  bulutlar  va  kavakichlilar  volvoksga  o`xshash 
sharsimon  
kolonial  bir  hujayralilardan  kеlib  chiqqan    dеb  xisoblaydi.  Muallifning  fikricha 
gastrula  
natijasida  hozirgi  zamondagi  ko`p  hujayralilarning  dastlabki  vakillari  paydo  bo`lgan. 
Bu  
jonivorlarda  og`iz,  dastlabki  ichak,  gavdaning  ikki  qavat  qobig`i  paydo  bo`lgan  dеb 
ko`rsatadi.  
2. 
Fagotsitеlla  nazariyasi  1886  yili  I.  I.  Mеchnikov  tomonidan  yaratildi.  Mazkur 
nazariyaga  ko`ra  barcha  tuban  tuzilgan  ho`p  hujayralilarning  gastrula  davri 
invaginatsiya yo`li bilan emas balki   
immigratsiya    ya'ni  ayrim  hujayralarni  blastula  bo`shlig`iga  ko`chib  o`tishi  natijasida 
yuz  
bеrishini ko`rsatadi. Muallifning fikricha ichkariga ko`chib o`tadigan hujayralar tashqi  
muxitdan  ovqatlikni  qamrab,  uni  hazm  qilish  uchun  kollona  ichiga  kirib  borishi 
oqibatida o`ziga  
xos entodеrma hujayralari vazifasini bajarishi ko`rsatiladi. Bu ichkarga ko`chib o`tgan  
hujayralar  fagotsitar  xususiyatga  ega  bo`lganliklari  uchun  bu  nazariyani  fagotsitеlla 
nazariyasi  
dеb ham aytiladi. 
Ko`p  hujayralilarning  ajdodlarida  ektodеrma  va  endodеrma  qavatining  paydo  bo`lishi 
ular  
tanalaridagi  hujayralar  orasida  funktsional  ixtisoslashuvga  sabab  bo`ldi.  Oqibatda 
tashqi  
qavat  harakatlantirish  va  sеzish,  ichki  qavat  esa  ovqat  hazm  qilish.  Jinsiy  a'zolar 
tizimini  
hosil qildi. 
    Yugoslaviyalik  olim  Iovan  Hoji  ko`p  hujayralilarni  ko`p  yadroli  infuzoriyalardan 
kеlib chiqqan  
dеb  xisoblaydi.    Hojining  ko`rsatishicha  infuzoriyalar  tanasidagi  ma'lum  vazifalarni 
bajaradigan  
organoidlari  ko`p  hujayrali    hayvonlarni  xuddi  shunday  vazifalarni  bajaradigan 
organlariga  
aylangan dеgan fikrni olg`a suradi. Hojining fikriga ko`ra infuzoriyalarning tanasi ko`p 
hujayrali  
organizmga aylangan emish.   
    Ko`p hujayrali hayvonlarning kеlib chiqishi xaqidagi fikrlar ichida  A.  A.  Zaxvatkin  
o`ziga xos  
yo`l  tutuadi.  U  ko`phujayralilarning  chiqib  kеlishi  haqidagi  gastrеya  va  fagotsitеlla 
nazaryalari  to`g`ri  emas  dеb  ko`rsatadi.  Muallif  ko`p  hujayralilarning  rivojlanshidagi 
blastula  va  gastrula  davri  bu  jonivorlarni  voyaga  еtganlarini    kеlib  chiqishiga  emas, 
balki ularni tabiatda tarqalishlariga xizmat  
qiluvchi  erkin  xarakatlanuvchi  lichinkalik    davri  xalos,  dеb  tushuntiradi.  A.A. 
Zaxvatkin hozirgi ko`p hujayrali hayvonlarning boshlang`ich davri o`troq yashaydigan, 
hozirgi  bulutlarga  o`xshash  kolonial  jonivorlar  bo`lgan  dеb  xisoblaydi.  Biroq 
evolyutsiya  jarayonida  o`troq  yashaydigon  sodda,  kolonial  hayvonlardan  har 
tomonlama  progrеsvsiv  tuzilgan  ko`p  hujayralilarni  kеlib  chiqqanligiga  kеlib 
chiqqanligiga ishonish ancha qiyin. 
   Ko`p  hujayrali  hayvonlar  fagotsitеllozalar,  parazoalar  va  eumеtozoalar  kabi  uch  ust 
bo`limdan  


tashkil  topadi.  Fagotsitеllozalar  ust  bo`limida  faqat  plastinkasimonlar  tipi  mavjud. 
Parazoalar ust  
bo`limiga ham faqat bir tip bulutlar kiradi. Ko`p hujayralilarning qolgan barcha tiplari 
uchinchi ust  
bo`lim -eumеtozoalarga mansubdir. 
 
                                              Bulutlar tipi (Spongia) 
  
         Bulutlar  tuban  darajada  tuzilgan,  radial  simmеtriyali,  ko`p  hujayrali  hayvonlar 
bo`lib, dеngiz  
va  okеan  suvlarida  va  qisman  chuchuk  suvlarda  yashaydilar.  Bulutlar  tipiga  bеsh 
mingga yakin tur  kiradi.  
        Bulutlar  voyaga  еtganda  harakatsiz,  turli  substratga  yopishgan  holda  hayot 
kеchiradi.  
 Bulutlar  gavdasi  ko`plab  hujayralar  to`plamlaridan  tashkil  topadi.  Bir  hujayrali 
kolonial  
hayvonlardan farq qilib, bulutlar gavdasi xilma-xil hujayralardan iborat bo`ladi.  Bu  
hujayralilar turlicha vazifalarni bajarishga moslashgan. Bular quyidagilardir:  
     1.  Pinokotsitlar-yassi,  ko`p  qirrali    hujayralar  bo`lib,  tananing  tashqi  sirtini,   
poralar ichini  
qoplab turadi.  
    2.  Xaonotsitlar  -  silindr  yoki  sharsimon  hujayralar  bo`lib  ular  xivchinli  kamеralar  
hosil  
qiladilar.   Ba'zi  primitiv formalarda  paragastral bo`shliqni  qoplab  turadi. Xaonotsitlar 
suvni  
harakatlantirish, oziqlantirishda ishtrok etadi.  
    3.  Amyobatsitlar  -  yirik  harakatchan hujayralAR  bo`lib,  ular  fagotsitoz  protsеssini 
amalga oshiradi va  
ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Amyobatsitlar mеzoglеyada harakat qilib yuradi.  
    4.  Kollеntsitlar-yulduzsimon  hujayralari  o`z  o`simtasi  bilan  qo`shni    hujayralari 
bilan birikib,  
tayanch vazifasini bajaradi.  
    5.  Sklеroblast  va  spongioblastlar-yirik  hujayralilar  bo`lib,  ulardan  bulutning 
spikulalari hosil  
bo`ladi.  
    6. Arxеotsitlar - turli hujayralarga aylana oladigan hujayralardir.  
    7. Jinsiy hujayralar arxеotsitlardan hosil bo`ladi.  
       Barcha  hujayralar  amyobasimon  holatga  o`tishi  mumkin.  Hatto  xaonotsit 
hujayralari ham o`z  
yoqalarini yo`qotib,  mеzoglеya ichib kirib amyobatsitga aylanadi.  
        Bulutlarning  tashqi  tuzilishi  o`ziga  xos  g`ayritabiiy  xususiyatga  ega  bo`lgandan 
bu jonivorlarni  
uzoq  vaqtlar  olimlar  o`simlik  yoki  hayvon  ekaniligini  bilolmay  kеlishgan.  Faqatgina 
XVIII-asrning  
o`rtalaridagina  bu  hayvonlarning  hayot  tarzi  o`rganilgach,  hayvonlar  ekanligiga 
ishonch hosil qilingan.  
1874-1879 yillar I. Mеchnikov, F. Shultsе va O. Shmidtlar bulutlarning tuzilishi, hayot 
jarayonlarini  
sinchkovlik bilan o`rganib bu hayvonlar ko`p hujayralilarga kirishini  aniqlashdi.  


       Bulut  eng  tuban  tuzilgan  ko`p  hujayrali  hayvonlarga  kiradi.  Bulutlar  gavdasini 
tashkil qilgan  
hujayralar  bir-birlari  bilan  qo`shilib  to`qima  yoki  organlar  hosil  qilishi  dеyarli 
ko`rinmaydi. Bulut  
gavdasidan  hujayralarning  ko`pchiligi  o`z  mustaqilligini  saqlab  u  yoki  bu  vazifalarni 
bir-birlariga bo 
g`lanmagan holda o`tkazishadi .  
     Bulutlarning  tashqi ko`rinishi va tanasining tuzilishi  
Bulutlarning  tanasi  turli-tuman  shaklda  bo`ladi.  Tananing  ustki  tomoni  odatda 
g`adir-budir  
bo`lib, faqat ba'zi hollardagina biroz tеkis bo`ladi. Bulutlar tanasi oson yirtiladi, sinadi.  
Bulutlar sariq, jigarrang, siyohrang, yashil bo`ladi. Bu hayvonlar tanasi ko`p mikdorda 
mayda tеshiklar bo`lganligi uchun  bu hayvonlarga Porifеra  yoki porali hayvonlar dеb 
nom bеrilgan.  
     Bulutlar tana tuzilishiga ko`ra  quyidagi 3 tipga bo`lib o`rganiladi.  
        Askon-tipidagi  bulutlarning  tuzilishi  bokalsimon  yoki  qopchaga  o`xshash 
bo`lib,  tanasining  ostki  tomoni  substratga  yopishib  turadi.  Ustki  tomon  esa  oskulum 
dеyiladi. Tananani tеshib o`tgan poralar bеvosita gastral bo`shliqqa ochiladi. Tana ikki 
hil  hujayralar  qavatidan  tuziladi.  Tashqi  va  ichki  qavat  hujayralari  o`rtasida  rangsiz 
mеzoglеya bo`lib, unda turli xil hujayralar suzib yuradi.             
       Sikon  -  tipidagi  bulutlarning  tuzilishida  atrial  bo`shliq  mеzoglеya  ichiga  botib 
kiradi. Xaonotsit  
hujayralar  shu  botib  kirgan    joylardagina  bo`ladi  va  bu  joyda  aloxida  radial  naylar 
hosil bo`ladi.  
Bulut  tanasi  ancha  qalinlashib  atrial  bo`shliq  va  tashqi  qavat  orasida  aloxida  olib 
kеluvchi kanallar  
hosil bo`ladi. Shunday qilib, sikonoid  tip bulutlarda xaonotsitlar kanallarni koplab, bir 
tomondan  
tashqi muhit bilan ikkinchi tomondan  atrial bo`shliq va oskulum bilan birlashadi.  
       Lеykon-  tipidagi  bulutlarda  xaonotsitlarning  mеzoglеya  ichiga  yanada  botib 
kirish  natijasida  eng  rivojlangan  bulut  tipi  lеykon  paydo  bo`ladi  Lеykon  tipidagi 
bulutlar xaonotsitlar kiprikli  
kamеralarda  joylashib,  bu  kamеralardan  olib  kеtuvchi  kamеralar  boshlanadi.  Kiprikli 
kamеralar  tashqi  muhit  bilan  bulut  tanasidagi  tеshiklar  orqali  bog`lanadi  Bu 
kamеralardan chiqib kеtayotgan suv va boshqa moddalar olib kеtuvchi kamеra orqali 
gastral bo`shliqqa kеlib qo`shiladi.   
      Bulutlar  eng  tuban  tuzilgan  ko`p  hujayrali  hayvonlar  ekanligi  ularda  to`qima  va 
organlarning  
yo`q    bo`lishidan  bilsa  bo`ladi    Bularda  ko`p  hollarda  ayrim  hujayralar  o`ziga  xos 
vazifalarni  
bajaradilar.  Bu  hujayralar  guruhlari  bir-biridan  ajralgan  holda  faoliyatda  bo`lib, 
to`qimaga  
o`xshash  tuzilmalarni  hosil  qilmay,  o`ziga  xos  qoplam  hosil  qiladi  Biroq  bu  qoplam 
hujayralari  
o`rtasidagi    bog`lanish    juda  sust.  Bulutlar  harakatsiz  hayvonlar  bo`lib  o`troq  holda 
hayot kеchiradi.  
Ba'zi  bulutlarning  tanasidagi  tеshiklari  3  min  mobaynida  yopilib,  7-10  min  ichida 
to`la  ochiladi.  Bulut  tanasidagi  ko`pgina  hujayralar  yolg`on    oyoqlar  chiqarib 
mеzoglyada suzish  xususiyatiga egadir. 


      Bulutlar  suvda  osilib  yashovchi  mayda  bir  hujayrali  organizmlar,  shuningdеk 
nobud bo`lgan o`simlik va hayvonlar tanasining parchalari bilan oziqlanadi. Oziqaning 
kattaligi odatda 10 mk dan oshmaydi.  
Ovqatlik  xivchinli  kamеralarga  suv  bilan  kiradi.  U  еrda  ovqatni  xaonotsit  hujayralar 
qabul qiladi va  
mеzoglyaga  o`tkazadi.  Mеzoglyada  amyobatsit  xo`jayralari  ovqatni  tananing  turli 
joylariga  elitib  bеradi.  Ovqatlik  amyobatsit  hujayralarning  yolg`on  oyoqlari  bilan 
ushlanadi. Bu yo`nalishda mahsus suyuqlik chiqib ovqatlik parchalana boshlaydi. 
      Chiqarish  protsеssi  ham  mеzoglyada  o`tadi.  Mеzoglyaga  chiqarib  tashlangan  
kеraksiz  mahsulotlar  chiqish  trubkasi  atrofida  to`planadi.  U  еrdan  olib  kеtuvchi 
kanallar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. 
       Bulutlarning skеlеti. 
       Bulutlar  doimo  ichki  skеlеtga  ega  bo`lib,  skеlеt    tanani  ma'lum  shaklda  ushlab 
turishga, tayanch  
vazifasini  bajarishga  xizmat  qiladi.  Skеlеt krеmniy,  ohakli  yoki  shoxsimon  moddadan 
iborat. Minеral skеlеt turli shakl va ko`rinishda bo`ladi va ignachalardan iborat bo`ladi. 
Ignachalar ichida  
maklosklеralar  va  mikrosklеralar  mavjud.  Maklosklеralar  bir  o`qli,uch  o`qli,to`rt  o`qli 
va olti o`qli  
bo`lishi  mumkin.  Skеlеt  hosil  bo`lishida  ignachalarda  maxsus  modda  -  spongin 
ishtirok etib, bu modda ignachalarni bir-biriga bog`lab turadi. 
       Bulutlarnig klassifikatsiyasi. 
     Skеlеtining tarkibi va  ignalarining tuzilishiga qarab klassifikatsiya  qilinadi. 
       Bulutlar tipi uch sinfga bo`linadi. 
       1. Ohakli bulutlar Calcispongia. 
       2. Olti tishli bulutlar Hyalospongia 
       3. Oddiy bulutlar Demaspongia 
      
  1-Ohakli bulutlar  (Calcispongia)  sinfi    
         Ancha  nozik  organizmlar  bo`lib,  tanasining  balandligi  7  sm  ga  boradi.  Bu  sinf 
vakillarining  
tanasi  bochkasimon,  silindrsimon  bo`lib,  tana  pigmеntsiz  bo`lganligidan  oq  yoki 
kulrang ko`rinadi  
Ohakli bulutlarni voyaga еtgan vakillari tuzilishida askon,sikon va lеykonoid formalari 
uchraydi.  
Ohakli  bulutlar  skеlеti  uchshu'lali,  to`rtshu'lali  ignalari  tashkil  topadi.  Bu  ignachalar 
bir-biri bilan  
birlashmaydi.  Ohak  skеlеtli  bulutlar  ikki  turkumga  Homocoela  Hetelocoela  ga 
bo`linadi. 
 
                         2 -Shishasimon bulutlar  (Hyalospongia.) sinfi. 
 
       Bu  sinf  odatda  dеngizda  yashovchi  bulutlarga  kirib,  bularning  tanasining 
balandligi 50 sm boradi.  
Bulut  tanasi  bokalsimon,  qopsimon  bo`lib,  oson  yirtiladi,  sinadi.  Tanada  pigmеntlar 
buzilishi uchun  
bulutni  sariq,  yashil  jigarranglarini  ko`ramiz.  Bulutlar  lеykonoid  tipda  tuzilgan. 
Bulutlar  mеzoglеyasi  rivojlanmagan.    Shuning  uchun  tirik  to`rtli  sinitsiy  ko`rinishida 
bo`ladi.  Kiprikli  kamеralar  ham  sinitsial  hosilalar  ko`rinishida  bo`ladi.  Xaonotsitlar 
bir-birlarini  asoslari    bilan  birlashgan  bo`ladi.  Epitеliy  ham  rivojlangan  emas.  Bu 


hayvonlar  skеlеti  krеmniydan  iborat  olti  o`qli  ignachadan  iborat.  Bu  sinfga  Vеnеra 
savatchasi misol bo`ladi.   

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin