Undov vа tаqlid so‘zlаr



Yüklə 79 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2022
ölçüsü79 Kb.
#76454
1   2   3   4
Undov va taqlid so‘zlar. Qo‘shma so‘zlarning tuzilishi. Qo‘shma so’zlar imlosiga oid grammatik jadvallar tayyorlash

-(a)r, (inkori –mas) qo’shimchasi bilan tugaydigan qo’shma ot va qo’shma sifat: o’rinbosar, otboqar, cho’lquvar, ishyoqmas, qushqo’nmas kabi.
Takror taqlid so’zga qo’shimcha qo’shish bilan yasalgan ot va fe’l: pirpirak (pir+pir+ak) hayhayla,gijgijla kabi.
Narsani (predmetni) boshqa biror narsaga nisbatlash, qiyoslash, o’xshatish yo’li bilan bildiruvchi qo’shma ot va qo’shma sifat: karnaygul, qo’ziqorin, otquloq, oybolta, devqomat, sheryurak, bodomqovoq, qirg’iyko’z kabi.
Narsani uningrangi, mazasi, o’zidagi biror narsasi va shu kabi belgisi asosida bildiruvchi qo’shma ot: olaqarg’a, qizilishton, achchiqtosh, mingoyoq kabi.
Narsaning biror maqsad, ish uchunligini bildiruvchi qo’shma ot: tog’olcha, cho’lyalpiz, suvilon, qashqargul kabi.
Marosim,afsona kabini bildiruvchi qo’shma ot: kiryuvchi, kelintushdi, qoryog’di, urto’qmoq, ochildasturxon.
Qaratuvchili birikmaning bir so’zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo’shma ot: mingboshi, so’zboshi, olmaqoqi.
Ikkinchi qismi turdosh ot bilan obod so’zi bilan ifodalangan joy nomlari : Yangiyo’l, To’rtko’l, Xalqobod, Mirzaobod. Lekin ikkinchi qismi atoqli ot bilan ifodalangan joy nomi ajratib yoziladi:O’rta Osiyo, Ko’hna O’rganch, O’rta Chirchiq kabi
Rus tilidan aynan o’zlashtirilgan yoki so’zma-so’z tarjima qilish yo’li bilan hosil qlingan qo’shma so’z qo’shib yoziladi: kinoteatr, radiostansiya, fotoapparat, teleko’rsatuv, bayramoldi.
Qisqartmaning barcha turi va ularga qo’shiladigan qo’shimcha qo’shib yoziladi: ToshDU, SamDU kabi.Lekin yonma-yon kelgan ikki qisqartma ajratib yoziladi: O’zXDR MK (O”zbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi )
Bir tovush ikki yoki undan ortiq tovush tarzida aytilsa , bunday holat tovushni takror yozish bilan ko’rsatiladi:yo’o’q, nimaaa,himm.
Chiziqcha bilan yozish. Quyidagi hollarda so’z chiziqcha bilan yoziladi:
Juft so’z va takror so’z qismi:el-yurt,asta-sekin, qovun-tarvuz,uy-uyiga.ishlay-ishlay.
Eslatma:
1.Juft so’zdan chiziqcha yordamida yasalgan so’z ham chiziqcha bilan yoziladi:baxt-saodatli, xayr-xo’shlamoq.
2.Juft so’z qismi orasida –u(yu) bog’lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo’yiladi va juft so’z qismi ajratib yoziladi va so’z qismi ajratib yoziladi:do’st-u dushman (do’st-dushman),kecha-yu kunduz (kecha-kunduz)
3.Yetakchi va ko’makshi fe’l bir xil shaklda bo’lsa chiziqcha bilan yoziladi:yozdi-oldi, borasan-qo’yasan,uxlabman-qolibman kabi
Belgini kuchytiruvchi qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq, to’ppa-to’g’ri kabi so’z shakli chiziqcha bilan yoziladi.(lekin oppoq so’zi qo’shib yoziladi)
So’zning –ma,ba yordamida birlashgan qismi chiziqcha bilan yoziladi:uyma-uy, rang-barang,dam-badam.Lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism ishtirok etsa bunday so’z qo’shib yoziladi:ro’baro’, darbadar kabi.
Rus tilidan aynan yoki so’zma-so’z tarjima qilish yo’li bilan olingan so’z asliga muvofiq chiziqcha bilan yoziladi:kilovatt-soat, unter-ofitser kabi.
-chi,-a(-ya), -ku, -u(-yu), -da, -e,(-ey) yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi:sen-chi, sen-a, yaxshi-yu, qo’y-e,o’g’lim-ey kabi
Tartib son arab raqami bilan yozilsa’-nchi qo’shimchasi o’rniga chiziqcha bilan yoziladi:7-sinf,5-“A”sinfi ,60-yillar kabi.Tartib sonni ko’rsatuvchi rim raqmidan keyin chiziqcha bilan yozilmaydi: XX asr ,X sinf kabi.

Yüklə 79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin