Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa soliqsiz to’lovlarning o’xshash va farqli jihatlari
Soliq
Soliq — bu davlatning o`z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo`lgan moliyaviy mablag`larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan byudjetga majburiy to`lovlarni undirish shakli.
Soliqlar
Davlat tomonidan amaldagi qonunlar asosida yuridik va jismoniy shaxs (alohida fuqaro va korxona)larning daromadi yoki molmulkidan undiriladigan va byudjetgan o`tkaziladigan majburiy to`lov. Soliq davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai va davlat iqtisodiy siyosati vositalaridan biri. S.ning kelib chiqishi davlatning paydo bo`lishi bilan chambarchas bog`liq bo`lib, juda qad. tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760 yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan Soliqning joriy etilgani to`g`risida ma`lumotlar uchraydi.
Mahalliy soliqlar va yig’imlarga quyidagilar kiradi:
a) mol-mulk solig’i;
b) yer solig’i;
v) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i;
d) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yig’im;
e) yagona yer solig’i.
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to’lovchilar quyidagilardir:
O’zbekiston Respublikasi hududida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;
agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan va (yoki) O’zbekiston Respublikasi hududida o’z mulkida ko’chmas mulkka ega bo’lgan yuridik shaxslar – O’zbekiston Respublikasining norezidentlaridir. Agar ko’chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo’lmasa, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo’lsa, shu shaxs soliq to’lovchidir. O’zbekiston Respublikasi norezidentining faoliyati Soliq kodeksining 20-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasa orqali amalga oshiriladigan faoliyat deb e’tirof etiladi.