Universal Impact Factor: 7,1 issn: 2181-2454


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 425,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix30.09.2023
ölçüsü425,78 Kb.
#150963
1   2   3   4   5   6
amir-temur-va-temuriylar-davrida-soliq-tizimidagi-islohotlar

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar
 
Universal Impact Factor: 7,1
 
ISSN:2181-2454
 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-174-179 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 177 E-mail: carjisor@carjis.org 
mumkin bo’lgan; ixrojot - saroylarga qarash uchun maxsus yig’im; boj - 
savdogarlardan chegarani kesib o’tishda undiriladigan bojxona solig’i; xonamushar - 
har bir xonadondan olinadigan yig’im; qo’nalg’a - elchi, amaldorlar, choparlarni 
bepul qabul qilish va mehmon qilish yig’imi; shilon puli - noiblarni ziyofat qilishi 
uchun yig’im; jon solig’i – jon boshidan yiliga bir marta to’planadigan soliq; 
peshkash - yuqori mansabdagi amaldorlarga sovg’a berish uchun yig’imlarni kiritish 
mumkin.
Amir Temurning o’zbek davlatchiligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan 
katta xizmatlaridan biri davlat boshqaruv tizimining mumtoz namunalarini qayta 
tiklash bilan chegaralanmasdan, zamon talablarini ko’zda tutib, yangi usullarni joriy 
qilishidir. Uning strategiyasida insonparvarlikka asoslangan mukammal jamiyat 
qurish g’oyasi markaziy o’rin tutadi. Ungacha xazinani idora qilish faqat dargoh 
tamoyiliga asoslangan bo’lsa, u dargoh va vazirlik tamoyillarini qo’shib olib bordi. 
Xazina daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlarga ajratildi. Xazina xarajatlari 
tarkibidan obodonchilik, ijtimoiy-madaniy, shu jumladan, fan, madaniyat, ijtimoiy 
ta’minot xarajatlarining hissasi ortib bordi. Bularning hammasi mamlakatning 
iqtisodiy va madaniy jihatdan mustahkamlanishi, uning xalqaro mavqeini oshirishda 
faol ta’sir etdi.
Amir Temur Markaziy Osiyo iqtisodini rivojlantirishga, fan va madaniyatni 
qanchalik ko’tarishga uringan bo’lmasin, shafqatsiz to’lqinlar u tashkil etgan buyuk 
saltanatni parchalanishiga, parokanda bo’lishiga olib keldi. Uning vafotidan so’ng
avlodlari o’rtasida taxt uchun kurash uzoq davom etib, shahzodalar o’rtasida olib 
borilgan kurash o’lkaning moliya-soliq tizimiga ta’sir ko’rsatmay qolmadi. Harbiy 
xarajatlarning ko’payib borgani sari uning manbai hisoblangan soliq tizimi izdan 
chiqdi.
XV asr davomida Movaraunnahr va Xurosonda avvalgidek yer mulkchiligining 
asosan to’rt shaklidagi: mulki devoniy - davlat yerlari, mulk - xususiy yerlar, mulki 
vaqf - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat jamoa yerlari bo’lgan. 
Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga, 
avvalgidek, mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilgan. Temuriylar 
davrida davlat yerlarini suyurg’ol tarzida in’om qilish ham keng tarqalgan. Suyurg’ol 
yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasi jihatidan 
turlicha bo’lgan. Odatda, shahar yoki viloyatlardan to alohida qishloqqacha suyurg’ol 
shaklida in’om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat ko’pincha hukmron sulola 
namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Amir Temur 
davrida bo’lganidek temuriylar davrida ham suyurg’ollarni ulashish amaliyoti keng 
tarqaldi. Markaziy hokimiyat vakillari - Shohrux, Ulug’bek, Abu Said, Sulton 



Yüklə 425,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin