CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
Universal Impact Factor: 7,1
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-174-179
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 174 E-mail: carjisor@carjis.org
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA SOLIQ TIZIMIDAGI
ISLOHOTLAR
Rahmatova Feruza Qudrat qizi
Namangan davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Amir Temur va temuriylar davridagi soliq tizimi, soliq turlari,
ularni miqdori va qanday tarzda olinishi haqida batafsil yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq, davlat, yer, aholi, siyosat, dehqon, mahsulot, pul, dalil,
hukmdor, hudud.
KIRISH
Amir Temur insoniyat tarixida yirik davlat arbobi va o’rta
asrning engilmas,
betakror lashkarboshisi sifatida Markaziy Osiyo hududida yirik saltanat barpo qilib,
o’z saltanati tarkibiga 27 ta davlatni birlashtirdi. U hamisha o’z
davlat tizimini
takomillashtirib borishni o’ylar, mo’g’ullardan farqli o’laroq, boshqa o’lkalarni zabt
etishnigina emas, balki aksincha, u yerlarni idora qilish to’g’risida ham qayg’urar edi.
Shu bilan birgalikda davlatni adolatli idora etishda soliq siyosatining o’rni
beqiyos ekanligini yaxshi tushunar edi. Amir Temurning soliqlar masalasi bilan
jiddiy shug’ullanganligini isbotlaydigan qator dalillar mavjud.
Amir Temur soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari uning farzandlariga siyosiy
vasiyati bo’lmish «Temur tuzuklari» da ifodalangan bo’lib,
uning soliq siyosati
xususiyatlarini quyidagi fikrlari orqali ifodalashimiz mumkin: «Amr etdimki,
raiyatdan mol-xiroj yig’ishda ularni og’ir ahvolga solib qo’yishdan yoki mamlakatni
qashshoqlikka tushirib qo’yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron
qilish (davlat) xazinasining kambag’allashishiga olib keladi.
Xazinaning kamayib
qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohning tarqoqligi, o’z
navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi».
Asarda soliqlarni hisoblash qoidalari ham ishlab chiqilgan: «Yana amr
qildimki, xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig’sinlar.
Chunonchi,
doim uzluksiz ravishda koriz, buloq va daryo suvi bilan sug’oriladigan
ekin yerlarini hisobga olsinlar va unday yerlardan olinadigan hosildan ikki hissasini
raiyatga, bir hissasini oliy sarkorlik (saltanat xazinasi) uchun olsinlar. Lalmikor
yerlarni esa, jariblarga bo’lsinlar, hisobga olingan bu yerlardan (soliq olishda) uchdan
bir va to’rtdan bir qoidasiga amal qilsinlar».