Univеrsitеti 5411100- dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi



Yüklə 117,6 Kb.
səhifə1/19
tarix29.01.2023
ölçüsü117,6 Kb.
#81488
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
5411100-Dorivor usimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi


O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLAT UNIVЕRSITЕTI



5411100- DORIVOR O’SIMLIKLARNI YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI TA’LIM YO‘NALISHLARI 
BITIRUVCHILARINING FANLARARO YAKUNIY DAVLAT
ATTESTATSIYA 
SINOVI

DASTURI


2021/2022 o‘quv yili




Tuzuvchilar:
R.Akrambayev NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi
mudiri, Ph.D.
L.Mamajanov NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi
dotsenti, b.f.n.
I.J.Sulaymonov  NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi
dotsenti, q-x.f.n.
M.Turg’unov  NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi katta
o’qituvcisi, Ph.D

Taqrizchilar:
Qurvantoyev R. Tuproqshunoslik  va agrokimyo ilmiy tadqiqot . .  instituti  "Tuproq fizikasi va texnologiyasi" bo‘limi professori, q.x.f.d.
O.Yusupov Namangan O‘simliklarni himoya qilish va … agrokimyo servis boshqarmasi  bo‘lim boshlig‘i

5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi  ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi  dasturi  Biotexnologiya kafedrasining 2021-yil 22-noyabrdagi № 4-sonli majlisida  muhokama qilingan  hamda tasdiqqa tavsiya etilgan.

Kafedra mudiri R.Akrambayev

5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi  ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Namangan davlat universiteti Kengashining 2021-yil «14» 12 dagi  № 4-sonli  majlisida  muhokama qilinib,  tasdiqlangan.

Kengash kotibi M.Asqarova

I. UMUMIY QOIDALAR

1. 5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi  ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus  ta’lim vazirining 2009- yil 22- maydagi 160-sonli  buyrug‘i  bilan tasdiqlangan  “O‘zbekiston  Respublikasi oliy ta’lim  muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi  to‘g‘risida”gi Nizom,  2018- yil 25- avgustdagi 744-sonli buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan “5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi  bakalavriat  ta’lim yo‘nalishining  malaka  talablari”  (keyingi  o‘rinlarda – Malaka talablar) hamda № B5411100-18 tartib  raqami  bilan ro‘yxatga  olingan  o‘quv rejasining (keyingi o‘rinlarda – O‘quv rejasi)  umumkasbiy  va ixtisoslik  fanlari o‘quv  dasturlari asosida tuzildi.

2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o‘rinlarda – Attestatsiya  sinovi)  O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko‘ra, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta’lim yo‘nalishi xususiyati, iqtidori va xohishiga ko‘ra bitiruv malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan,  o‘quv  rejasidagi ta’lim dasturlarini  to‘liq  o‘zlashtirgan bitiruvchi  kurs talabalari ishtirok  etishlari shart.


3. Attestatsiya sinovini topshirishga o‘quv reja va fan dasturlarini to‘liq tugatgan  va o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga ruxsat beriladi.

4. Attestatsiya sinovi O‘quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab oladi hamda sinov topshiriqlari ushbu fanlar o‘quv dasturlari asosida tuziladi.

5. Attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda,  talaba tayyorgarligining Malaka talablarida bitiruvchiga qo‘yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi.


II. ATTESTATSIYA SINOVI SHAKLI VA MUDDATI


6. 2021/2022 o‘quv yilida 5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi  ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining Attestatsiya sinovi – axborot texnologiyalarini  tatbiq etgan holda test, shaklda o‘tkaziladi.
7. Dastur Universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan sanadan boshlab, o‘quv yili yakuniga  qadar Attestatsiya sinovi shaklini o‘zgartirish mumkin emas.
8. Attestatsiya sinovi universitet o‘quv jarayoni grafigiga asosan, o‘quv ishlari  prorektori  tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o‘tkaziladi va kamida bir oy oldin talabalarga yetkaziladi.


Yüklə 117,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin