O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
5411100- DORIVOR O’SIMLIKLARNI YETISHTIRISH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI TA’LIM YO‘NALISHLARI
BITIRUVCHILARINING FANLARARO YAKUNIY DAVLAT
ATTESTATSIYA SINOVI
DASTURI
2021/2022 o‘quv yili
Tuzuvchilar:
R.Akrambayev NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi
mudiri, Ph.D.
L.Mamajanov NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi
dotsenti, b.f.n.
I.J.Sulaymonov NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi
dotsenti, q-x.f.n.
M.Turg’unov NamDU “Biotexnologiya” kafedrasi katta
o’qituvcisi, Ph.D
Taqrizchilar:
Qurvantoyev R. Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot . . instituti "Tuproq fizikasi va texnologiyasi" bo‘limi professori, q.x.f.d.
O.Yusupov Namangan O‘simliklarni himoya qilish va … agrokimyo servis boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Biotexnologiya kafedrasining 2021-yil 22-noyabrdagi № 4-sonli majlisida muhokama qilingan hamda tasdiqqa tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri R.Akrambayev
5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi Namangan davlat universiteti Kengashining 2021-yil «14» 12 dagi № 4-sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlangan.
Kengash kotibi M.Asqarova
I. UMUMIY QOIDALAR
1. 5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining fanlararo yakuniy davlat attestatsiya sinovi dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2009- yil 22- maydagi 160-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizom, 2018- yil 25- avgustdagi 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari” (keyingi o‘rinlarda – Malaka talablar) hamda № B5411100-18 tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan o‘quv rejasining (keyingi o‘rinlarda – O‘quv rejasi) umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o‘quv dasturlari asosida tuzildi.
2. Fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi sinovi (keyingi o‘rinlarda – Attestatsiya sinovi) O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibga ko‘ra, bitiruvchilarning Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan biri hisoblanib, unda ta’lim yo‘nalishi xususiyati, iqtidori va xohishiga ko‘ra bitiruv malakaviy ishi yozish istagini bildirmagan, o‘quv rejasidagi ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishlari shart.
3. Attestatsiya sinovini topshirishga o‘quv reja va fan dasturlarini to‘liq tugatgan va o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga ruxsat beriladi.
4. Attestatsiya sinovi O‘quv rejasining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining barchasini qamrab oladi hamda sinov topshiriqlari ushbu fanlar o‘quv dasturlari asosida tuziladi.
5. Attestatsiya sinovi fanlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda, talaba tayyorgarligining Malaka talablarida bitiruvchiga qo‘yiladigan umumiy talablarga javob bera olish darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi.
II. ATTESTATSIYA SINOVI SHAKLI VA MUDDATI
6. 2021/2022 o‘quv yilida 5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining Attestatsiya sinovi – axborot texnologiyalarini tatbiq etgan holda test, shaklda o‘tkaziladi.
7. Dastur Universitet Kengashi tomonidan tasdiqlangan sanadan boshlab, o‘quv yili yakuniga qadar Attestatsiya sinovi shaklini o‘zgartirish mumkin emas.
8. Attestatsiya sinovi universitet o‘quv jarayoni grafigiga asosan, o‘quv ishlari prorektori tomonidan tasdiqlangan muddatlarda o‘tkaziladi va kamida bir oy oldin talabalarga yetkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |