Tuproqshunoslik va agrokimyo fani bo’yicha savolnoma
1.Agrokimyo dehqonchilikni kimyolashtirish va Agrokimyoviy xizmatni to‘g‘ri tashkil etishning ilmiy asosi sifatida. O‘simliktuproqo‘g‘itning biologik va kimyoviy xususiyatlari, o‘zaro ta’siri. O‘simliklarning oziqa moddalarga talabi. Jaxonda, MDX da va O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishning hozirgi ahvoli.
2.Tuproq azoti, uning asosiy shakllari va o‘zgarishi. Tuproqdagi azot umumiy miqdori. Mineral va organik azot. Ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, denitrifikatsiya, immobilizatsiya. Biologik azot. Tuganak va erkin yashovchi azot to‘plovchi bakteriyalar
3. Go‘ng. Go‘ngning tuproq unumdorligi va o‘simlik hosildorligini oshirishdagi roli, Go‘ng turlari. To‘shamali go‘ng. Tarkibi, olinishi, saqlash usullari, saqlashda organik modda, azot yo‘qolishi oldini olish choralari. Kuzgi shudgor bilan, oziqlantirishda va "sharbat" usulida qo‘llash
4.Tuproqning biologik singdirish qobiliyati. Tuproq mikroorganizmlari. Azotni tuproqda singdirilishida mikroorganizmlar ahamiyati. Biologik singdirishning ijobiy ta’siri va undan samarali foydalanish yo‘llari
5. Murakkab-aralash o‘g‘itlar, olinishi xossalari qo‘llanilishi. Murakkab - aralash o‘g‘itlar turlari. Sulfatli, sulfat kislotali, fosforli nitrofoska. Nitroammofos-ammofos asosida olingan murakkab aralash o‘g‘it. Karboammofos va karboammofoska, oziqa moddalarining nisbati va miqdori.
6. Amidli azotli o‘g‘itlarning tuproqda o‘zgarishi. Amidli o‘g‘itlar turlari. Mochevinaning tuppokda o‘zgarishi. Ureaza fermenti ahamiyati. Nitrifikatsiya jarayoni kechishi. Ureaza va nitrifikatsiya jarayonini susaytirish
7. To‘shamasiz Go‘ng olinishi, tarkibi, xossalari, yarim suyuq va suyuq go‘ng. To‘shamasiz go‘ng tarkibi. To‘shamasiz go‘ngni saqlash. Saqlash davomida oziqa moddalari yo‘qolishi. To‘shamasiz go‘ng qo‘llash usullari. Asosiy o‘g‘itlash va oziqlantirish
8. O‘g‘it qo‘llashning ekologik muammolari. O‘g‘it hosildorlikni oshiruvchi muhim faktor. O‘g‘it tarkibidagi ballast moddalar: gips, ftor va h.k. Moddalarning tuproq, suv, sizot suvlar qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibida cheklangan miqdori (PDK) Tuproq grunt suvlari, qishloq xo‘jalikmahsulotlarining ifloslanishi oldini olish, ekologik sof mahsulot ishlab chiqarish
9. Tuproq muhiti reaksiyasi-rNning O‘simlik uchun ahamiyati.Tuproq muhiti reaksiyasi - rN haqida tushuncha. Bo‘z tuproqlarda muhit reaksiyasi. Aktual Potensial, almashuvchan, gidrolitik kislotalik. Tuproqning asoslar bilan tuyinish darajasi. Oxak solish. Har xil o‘simliklarning neytral, kislotali va ishqorli rN muhitiga munosabati
10.Tuproq singdirish kompleksi, tarkibi va to‘zilishi. Singdirish kompleksining K.K.Gedroys bergan ta’rifi. Tuproq kolloidlari. Organik mineral va organomineral kolloidlar. Kolloid zarralar turlapi, to‘zilishi va zaryadining tuproq muhitiga bog‘liqligi
11. Suvda eruvchan fosforli o‘g‘itlar. Fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo. Fosforli o‘g‘itlar klassifikatsiyasi. Superfosfat, olinishi, tarkibi, xossalari. Qo‘sh superfosfat. Superfosfatni qo‘llash usullari, me’yorlari va muddatlari. Ammoniylashtirilgan superfosfat va uni xossalari
12. Kompleks o‘g‘itlar va ularni qo‘llash istiqbollari. Klassifikatsiya. Murakkab o‘g‘itlar, murakkab aralash va aralash o‘g‘itlar. Ularning afzalliklari. Ammofos misolida murakkab o‘g‘itlarga tavsif bering
13. Tuproq singdirish qobiliyati va uning o‘simlik oziqlanishidagi ahamiyati. Tuproq singdirish qobiliyati haqida tushuncha K.K.Gedroys ishlari. Biologik, mexanik, fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy singdirish qobiliyatlari,
14. Ammoniyli o‘g‘itlar. Ammoniyli o‘g‘itlar turlari, qattiq va suyuq mmoniyli o‘g‘itlar TKSga ammoniyning singdirilishi. Tuproq nitrifikatsiya jarayonini va uni susaytiruvchi moddalar (ingibitorlar, ATG, KMP boshqalar)
15. O‘simliklar tarkibida oziqa moddalar miqdori nisbati va tuproqdan olib chiqilishi. O‘simliklar uchun kerakli va shartli kerakli elementlar haqida tushuncha.. O‘simliklarning elementlarni o‘zlashtirishi. Xo‘jalik, biologik, qoldiq olib chiqish. Olib chiqilgan elementlarning o‘simlik hosili tarkibidagi nisbati.
16. Suyuq azotli o‘g‘itlar. Suyuq azotli o‘g‘itlar turlari. Suvsiz ammiak, ammiakli suvning olinishi, xossalari tarkibi, saqlashning o‘ziga xos jihatlari. Suyuq azotli o‘g‘itlarni tuproqka qo‘llash usullari, qo‘llash chuko‘rligining azot yo‘qolishi miqdoriga bog‘liqligi. Azotning tuproqda o‘zgarishi.
17. Aralash o‘g‘itlar va ularga qo‘yiladigan talablar. Aralash o‘g‘itlar olishning ikki yo‘nalishi haqida. Aralashtiruvchi o‘g‘itlarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga qo‘yiladigan talablarning aralashtirish hajmi, tayyorlash uslubi va vaqtiga bog‘liqligi. Ilgaridan va bevosita qo‘llash oldidan tayyorlash. Mutlaqo aralashtirish mumkin bo‘lmagan o‘g‘itlar
18. Ammiakli-nitratli azotli o‘g‘it. Olinishi, xossalari, tarkibi fizik xossasini yaxshilash yo‘llari. Sifatiga qo‘yiladigan talablar. Tuproqda o‘zgarishi, qo‘llash usullari, muddatlari, me’yorlari.
19. Organik va mineral o‘g‘itlarning o‘simliklar hosildorligini oshirish qishloq xo‘jalik intensivlashtirishdagi roli. O‘g‘itlar-o‘simliklar hosildorligini oshiruvchi omil ekanligi. Mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talab (dunyoda, MDHda va O‘zbekiston misolida)
20. O‘simliklar tomonidan kaliy o‘zlashtirish dinamikasi. Kaliyning o‘simlikdagi shakli. Hujayradagi kaliy miqdori. Kaliyning o‘simlikdagi bajaradigan funksiyasi. g‘o‘za, bug‘doy o‘simliklari o‘sish va rivojlanish fazalari bo‘yicha (shonalash, gullash va x.k) kaliyni o‘zlashtirish.
21. Tuppok tapkibi, uning o‘simlik oziqlanishidagi ahamiyati. Tuppoqning tapkibi haqida tushuncha, tuproq havosi. Tuproq eritmasi va qattiq qismining oziqlanishidagi ahamiyati. Tuproq qattiq qismining o‘rtacha kimyoviy tarkibi. Tuproq mineral va organik qismi haqida tushuncha.
22. O‘simliklar uchun azotning ahamiyati, azot yetishmasligi belgilari. Azotning asosiy manbalari. Azotning O‘simlikda o‘zgarishi. Aminlanish, qayta aminlanish jarayoni. Nitratlar reduksiyasi. O‘simliklarda azot bajaradigan funksiyalar. Azot yetishmaslik belgilari. Ortiqcha berilganda o‘simlikdagi o‘zgarishlar.
23. Ammofos va diammofos asosida olinadigan murakkab aralash o‘g‘itlarning xossalari, tarkibi, xususiyatlari. Ammofos va diammofos, ammofoska va diammofoska o‘g‘itlarini qo‘llash.
24. Fizik-kimyoviy yoki almashinuvchan tuproq singdirish qobiliyati. Fizik-kimyoviy singdirish mexanizmi, uning ekvivalent miqdorda boshqa kation siqib chiqarilishi bilan birga borishi. Fizik-kimyoviy singdirilgan kationlarning o‘simlik tomonidan yengil o‘zlashtirilishi.
25. O‘simliklar uchun fosforning ahamiyati. Fosforli birikmalarni fiziologik roli. O‘simlikda fosfor reutilizatsiyasi. (ilgari ishlatilgan fosforni qaytadan ishlatilishi). O‘simlik uchun fosfor manbai. Fosfor yetishmasligi belgilari. Uning oldini olish.
26. Kaliyli o‘g‘itlar olinishi, xossalari, qo‘llanilishi. Asosiy kaliy saqlovchi minerallar. Kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish usullari galurgik, flotatsion,. konsentrlashgan va xom kaliy tuzlari. Kaliyning tuproqda o‘zgarishi va kaliyli o‘g‘itlar qo‘llash.
27. Tuproq singdirish sig‘imi, singdirilgan kationlar tarkibi. Tuproq singdirish haqida tushuncha, uning birligi, Singdirish sig‘imiga zarrachalar diametri, mineralogik tarkib, chirindi miqdori, tuproq muhiti reaksiyasi rN ta’siri. Bo‘z tuproqlar singdirish sig‘imi, singdirilgan asoslar tarkibi haqida.
28. O‘g‘it qo‘llash usullari, uslublari, muddatlari, texnikasi. Asosiy, qator orasiga va oziqlantirishda o‘g‘itlar qo‘llash uslublari. Kuzda, bahorda yozda qo‘llash muddatlari. Sochma, lokal, lenta, usulida o‘g‘it qo‘llash usullari. texnikalari.
29. Agrokimyoviy xaritanoma. Agrokimyoviy ko‘rsatkichlardan o‘g‘itlarni to‘g‘ri qo‘llashda foydalanish. Agrokimyoviy katrogrammalar haqida tushuncha. Harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy bo‘yicha tuproq guruhlanishi. Tuproq ta’minlanish darajasiga ko‘ra o‘g‘it me’yoriga tuzatish kiritish koeffitsiyentlari.
30. Ko‘kat o‘g‘itlarning tuproq unumdorligini oshirishdagi foydalanilishi. Ko‘kat o‘g‘it to‘g‘risida tushuncha, Ko‘kat o‘g‘it sifatida foydalaniladigan o‘simliklar. Sideratsiya. Dukkakli sideratlar. Sideratsiyaning tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati.
31. Tuproq fizik singdirish qobiliyati. Fizik singdirish haqida tushuncha. Fizik singdirishning tuproq zarrachalari umumiy yuzasiga bog‘liqligi. Ijobiy molekular adsorbsiya, salbiy molekular adsorbsiya. Ularning o‘g‘it qo‘llashdagi o‘simliklar oziqlanishidagi ahamiyati.
32. Agrokimyoviy xizmatni tashkil etish. Loyixa qidiruv Agrokimyoviy laboratoriyalar faoliyati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Agrokimyo-servis xizmatini tashkil etish. Tuproq kartasi tuzish, katrogrammalar tashkil etish namuna olish. Laboratoriyada turli oziqa moddalar tahlili. Ulapni xaritaga kiritish. O‘g‘itlash tizimi uchun tavsiya berish.
33. Tuproq singdirish qobiliyati. O‘g‘it qo‘llashda almashinuvchan singdirish qobiliyatini ahamiyati. Turlari. Fizik-kimyoviy yeki almashinuvchan singdirish manfiy zaryadlangan kolloid zarralarning eritmasidan turli kationlarni singdirish Tuproq singdirish kompleksida ketadigan jarayonlar. Fizik-kimyoviy singdirishning tuproq xossalari va O‘simlik oziqlanishidagi ahamiyati.
34. Tashqi muhitning o‘simlikka oziqa moddalari o‘tishiga ta’siri. Tashqi muhit faktorlari turlari haqida tushuncha. Oziq eritmasi konsentratsiyasi. Ildizning eritmadan oziqa o‘zlashtirish xususiyatlari. Turli o‘suv davrida o‘simliklarning tuproq eritmasi konsentratsiyasiga munosabati.
35. Sapropel - chuchuk suv havzalari loyqasini o‘g‘it sifatidagi ahamiyati. Sapropel -loyqa paydo bo‘lishi, tarkibi tashqi ko‘rinishi xossalari. Sapropeldan o‘g‘it tayyorlash texnologiyasi. O‘g‘it sifatida qo‘llash xususiyatlari, sinergizmi. Ionlar antogonizmi. Ionlar reutilizatsiyasi.
36. Tuproq kimyoviy singdirish qobiliyati. Uning o‘g‘it va tuproq o‘zaro ta’siridagi roli. Tuproq kimyoviy singdirishi reaksiyalari. Bir va ikki valentli anionlarning kimyoviy singdirilish mexanizmlari. Qora va bo‘z kislotali tuproqlarda fosfor singdirilishi.
37. Nitratli azotli o‘g‘itlar ularni qo‘llash xususiyatlari. Natriyli selitra olinishi, tarkibi, xossalari, qo‘llanilishi. Kalsiyli selitra olinishi, tarkibi, xossalari,
38. Tuproq unumdorligi haqida tushuncha. O‘g‘itlarning tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati. Unumdorlik turlari. Unumdorligini oshirishda bilvosita va bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar. Mineral, organik va ko‘kat o‘g‘itlar-tuproq unumdorligini oshiruvchi asosiy omillardan biridir.
39. Tuproq biologik singdirish qobiliyati. Biologik singdirish qobiliyati haqida tushuncha. Rizosfera mikroorganizmlari. Azotli birikmalar o‘zgarishida mikroorganizmlar roli. Biologik singdirish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.
40. Superfosfat, qo‘shsuperfosfat olinishi, xossalari, tarkibi, qo‘llanilishi. Fosfor xom ashyosi: appatit, fosforit. Superfosfat olish texnologiyasi. Kukunsimon, donador, konsentrlashgan superfosfat: olinishi, tarkibi, xossalari. Erkin kislotalikni yo‘qotish.
41. Ammiakatlar olinishi, xossalari, qo‘llanilishi. Ammiakat - mochevina, ammiakli selitraning suvli ammiakdagi eritmasi. Olish texnologiyasi. Fizik xossalari, tarkibi, qo‘llash
42. Azotli birikmalarning o‘simlikda o‘zgarishi. Aminlanish. Nitratlar reduksiyasi. qayta aminlanish. Dezaminlashish. Azotli birikmalar o‘zgarishini o‘rganishda D.N.Pryanishnikov ishlari.
43. Xlor saqlovchi kaliyli o‘g‘itlar. Kaliy saqlovchi minerallar. Xlor saqlovchi o‘g‘itlar: kaliy xlorid, xlor-kaliy elektrolit, olinishi, xossalari, tarkibi, tuproqda o‘zgarishi. Xlorga sezgir o‘simliklar. Xlorli shurlanish sharoitida qo‘llash jihatlari.
44. Fizik-kimyoviy singdirilishning asosiy qonuniyatlari. Kationlar almashuvi reaksiyasi qaytar jarayon. Kationlar almashuvi tezligi. Turli kationlar singish tezligi va energiyasi. Kationlar singish kattaligiga ko‘ra kationlar qatori. Fizik-kimyoviy singdirilishning ahamiyati.
45. Aralash o‘g‘itlar, ularni qo‘llash. Aralash o‘g‘it tayyorlashning ikki yo‘nalishi. Aralash o‘g‘itga qo‘yiladigan talablar. Avvaldan va qo‘llash oldidan tayyorlash. o‘g‘itlarni aralashtirish mumkinligi. Aralash o‘g‘itni qo‘llash jihatlari.
46. Go‘ng sharbati, olinishi. Go‘ng sharbati miqdorini saqlash usuliga bog‘liqligi. Go‘ng sharbati tarkibi. Undan azot yo‘qolishi oldini olish. Go‘ng sharbatini ishlatish asosiy o‘g‘it, oziqlantirish, kompostlarga qo‘shish.
47. O‘g‘itlarning qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirishdagi ahamiyati. Oziqa moddalar olib chiqishi. Oziqa elementlari balansi. O‘g‘it qo‘llash iktisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari, maqbul, o‘g‘it turi, me’yori, mineral o‘g‘it va organik o‘g‘itlarni birga qo‘llash, Agrokimyoviy kartogrammadan foydalanish.
48. Oziqa eritmalari, O‘simliklarni oziqa eritmasida o‘stirish. Gidroponika. Oziqa eritmalariga talablar. Gidroponika o‘stirish muhiti va eritmalari.
49. To‘shamali va to‘shamasiz go‘ngni saqlash usullari. To‘shamali go‘ngni hayvonlar tagida saqlash, zich, yarim zich, zichlanmasdan saqlash. To‘shamasiz go‘ngni saqlashning 2 usuli.. Saqlash davomida oziqa moddalari yo‘qolishini oldini olish choralari.
50. O‘simliklar turli o‘suv davrlarida oziqlanish sharoitlariga munosabati. oziqlanishning davriyligi. Oziqlanish kritik, maksimal davrlari. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari (g‘o‘za, bug‘doy, kartoshka)ning azot, fosfor va kaliyga munosabati
51. Tuproqda fosfor shakllari, fosforli birikmalarning tuproqda o‘zgarishi, fosfatlardan foydalanish koeffitsentini oshirish yo‘llari. Tuproqdagi umumiy zahirasi. Mineral va organik fosfor. Oson o‘zlashtiriluvchan, suvda eruvchan, harakatchan, kislotada eruvchan fosfor birikmalari, ularning o‘g‘itdan foydalanish koeffitsentini oshirishdagi roli.
52. Xlorsiz kaliyli o‘g‘itlar. Kaliy sulfati, kalimagneziya, kalimagneziyali konsentrat sement changi, potash, olinishi, xossalari, tarkibi, qo‘llash me’yorlari, usullari, muddatlari, tuproqda o‘zgarishi.
53. Tuproq tarkibi uning o‘simlik oziqlanishidagi ahamiyati. Tuproq xavosi, eritmasi, qattiq fazasi tarkibi, o‘simlik oziqlanishidagi ahamiyati eritma tarkibidagi anionlar va kationlar. Tuproq qattiq fazasi mineral va organik faza.
54. Fiziologik nordon, ishqoriy, neytral azotli o‘g‘itlar. Ularning turlari, olinishi xossalari. Ushbu o‘g‘itlarni qo‘llash sharoitlari.
Dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi fanidan savolnoma
Dorivor o‘simliklar bioekologiyasini o‘rganishning asosiy usullari
O‘zbekistonning tabiiy florasi
Introduksiya qilingan dorivor o‘simliklar biologiyasi
Madaniy dorivor o‘simliklarning kelib chiqish markazlari
Dorivor o‘simliklarni geografik tarqalishi
Dorivor o‘simliklar ekosistemasi
Dorivor o‘simliklarning ekologik guruxlari
Dorivor o‘simliklar populyasiyasining ekologiyasi
Dorivor o‘simliklarga antropogen va agroekologik omillarning ta’siri