273
o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga
erishish mumkin.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga
kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu,
bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali
o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab
chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri
tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi:
individual o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter
yordamida tashxis testlar
o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida, o‘qitish siklning qayta takrorlanishi
uchun eng maqbul sharoit yaratiladi.
Bu o‘qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat
bo‘ladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi,
tashxislash, nazorat) guruh, o‘quv fan miqyosida tashkil etish; ishchi o‘rinlarini
tashkil etish, yo‘l-yo‘riqlar berish,
tarmoqni boshqarish; tahsil oluvchilar bilan
muloqotda bo‘lish, individual o‘qitishni ta'minlash.
Dostları ilə paylaş: