335
Nutqsiz kommunikatsiya vositalari bamisoli o‘ziga xos his-tuyg‘u tili bo‘lib,
so‘z bilan ifodalanidagan til kabi u ham ijtimoiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi va
turli milliy madaniyatlarda bir-birlariga o‘xshamaslgi mumkin. Nutqsiz
kommunikatsiyani amalga oshirish uchun turli xil yosh guruhlarda turlicha
vositalar tanlanadi. Jumladan, tilga kirmagan go‘daklar, yosh bolalar yig‘idan
ko‘pincha katta yoshdagilarga ta'sir qilish va ularga o‘z istaklari hamda kayfiyatini
yetkazish vositasi sifatida foydalanadilar. Shu bilan birga og‘zaki kommunikatsiya
ta'sirini kuchaytirishda munosabatga kirishuvchilarning fazoda joylashuvi muhim
axamiyatga egadir.
Nutqsiz kommunikatsiyada qo‘llanilayotgan vositalarning axborotni so‘z
bilan yetkazish maqsadlariga va mazmuniga muvofiqligi munosabat madaniyatini
tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Ayni paytda nutqsiz kommunikatsiya –
imo-
ishora, pantomimika, nutqning ohangdagi rang-barangligi
kabilar asosida ham
rivojlanishi mumkin.
Ma'lumki, bo‘lajak o‘qituvchilar nazariy bilimlarni egallash bilan birga
amaliy malaka va ko‘nikmalarni ham egallashlari zarur. Demak, pedagogik,
psixologik bilimlar asosida o‘quvchilarning ilmiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishini ta'minlash, darsni loyihalashtirish, tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish,
o‘quvchilarning individual, jamoa, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini tashkil
qila olish, sport bilan shug‘ullanish, sayohat uyushtirish va ularga rahbarlik qilish,
ota-onalar, jamoatchilik o‘rtasida olib boriladigan tadbirlarga rahbarlik qilish, va
boshqa tarbiyaviy malaka hamda ko‘nikmalarni olib borishlaridan iboratdir.
Dostları ilə paylaş: